Bloomberg agentligining 6 yanvar, juma kuni xabar berişiça, Ukrainaga qarşi uruşga sarflanadigan xarajatlar ortib borayotgani sababli Rossiya hukumati öğit işlab çiqaruvçi va kömir qazib oluvçi kompaniyalardan «bir martalik tölov» olişga, şuningdek, mudofaadan taşqari xarajatlarni qisqartirişga qaror qildi. Unga köra, bu haqda Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin tomonidan dekabr oyi örtalarida tayyorlangan hujjatda aytilgan. U haqida rasman heç narsa ma’lum emas.
Agentlik manbalariga köra, Rossiya hukumati davlat kompaniyalari uçun sof foydaning 50 foizdan ortiq miqdorida dividendlar belgilaş niyatida va bu çora doimiy emas, bir martalik bölişi kerak. Manbalarga köra, hukumatdagi kompaniyalardan dividendlar undiriş miqdori böyiça qaror hali qabul qilinmagan, bu 2022 yil yakuni böyiça budjet taqçilligi qanday bölişiga boğliq. Bundan taşqari, hujjat göyoki mudofaa va xavfsizlik bilan boğliq bölmagan budjet xarajatlarini qisqartirişga işora qiladi, buning natijasida kamida 150 milliard rubl tejaş rejalaştirilgan. Xususan, ijtimoiy soha – ta’lim va tibbiyotga xarajatlar qisqartiriladi.
Olingan mablağlar uruş sabab bölgan xarajatlarni qoplaşga yönaltirilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, agentlik ma’lumotlariga köra, hujjatda Xerson viloyatidan 100 ming kişini Rossiyaga majburiy köçiriş uçun qöşimça 175 milliard rubl ajratiş haqida söz boradi. Bloomberg ta’kidlaganidek, bu Kremlning Rossiya qöşinlari noqonuniy annexia qilinganidan bir neça hafta ötib kuzda tark etgan Xerson viloyatining bir qismini qaytarişga umidi kamligini aniq tan olişdir.
Rossiya Federatsiyasi hukumati va Moliya vazirligi Bloomberg söroviga javob bermadi. Agentlik buni Rossiyadagi yangi yil bayramlari bilan boğlayapti.


















