Ukraina uçun sovut. Ğarb Kiyevga ilk bor hujumkor zirhli texnikalar yetkazib beradi
|00:43 / 07.01.202325 32110 min
Sönggi bir neça kundan buyon Ğarb davlatlari Ukraina qurolli kuçlari qarşi hujumga ötişi uçun kerak bölgan qurollarni Kiyevga yetkazib beriş haqida gapirmoqda. Bungaça Ukraina rasmiylari Ğarb davlatlariga, ular Kiyevga hujum qurollari, jumladan, tanklar bermayotgani uçun norozilik bildirgandi.
AQŞda Bradley juda köp. Foto: REUTERS
4 yanvar kuni prezident Jo Bayden «AQŞ Ukrainaga Bradley zirhli maşinalarini yetkazib berişni körib çiqyaptimi yoki yöq?» degan savolga ijobiy javob berdi va uning ma’muriyatidagi rasmiylar zirhli transport vositalari şu hafta e’lon qilinadigan yangi qurollar paketiga kiritilişi mumkinligini ma’lum qildi.
Associated Press naşri xabariga köra, Bradley’larni yetkazib beriş haqidagi qaror 6 yanvar kuniyoq e’lon qilinadi va Ukraina «bir neça önlab» zirhli avtomobillarni oladi. Reuters naşri manbalariga köra esa yangi harbiy yordam paketida ellikka yaqin Bradley böladi va ularning umumiy qiymati 2,8 milliard dollarni taşkil qiladi.
Xuddi şu kuni (4 yanvar) Fransiya ham Ukrainaga AMX-10RC yengil, ğildirakli tanklari va «Bastion» bronetransportyorlarini yetkazib berişini ma’lum qildi. Prezident Makron devoni xabar berişiça, bu Ukrainaga birinçi marta Ğarbda işlab çiqarilgan zamonaviy tanklar yetkazib berilişi böladi.
Leopard 2 tanki. Foto: REUTERS
Germaniya esa Ukrainaga Leopard tanklarini yuborişga şoşilmayapti, vaholanki, bu borada ötgan yil bahoridan buyon muzokaralar olib borilmoqda va Kiyev ularni bir neça bor qayta-qayta söradi. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habekning sözlariga köra, avvalo ittifoqçilar bilan Ukrainaga tank yetkazib beriş masalasini muhokama qiliş va bu muhokamalar natijalariga köra qaror qabul qiliş töğri böladi.
Ammo Germaniyada hamma ham bunday ehtiyotkor yondaşuvni qöllab-quvvatlagani yöq. Bundestag mudofaa qömitasi rahbari Mari-Agnes Strak-Zimmermann 5 yanvar kuni hukumatni Ukrainaga tanklar yetkazib beriş böyiça öz pozitsiyasini qayta körib çiqişga çaqirdi va şu bilan birga, Kiyevga Marder piyodalar jangovar maşinalarini (PJM) yuborişni taklif qildi. Uning ta’kidlaşiça, Bundesver omborlarida bunday maşinalar yetarliça.
5 yanvar kuni oqşomda Germaniya kansleri Olaf Şolsning idorasi Berlin haqiqatan ham Ukrainaga Marder PJM yuboriş niyatida ekanini tasdiqladi.
Ğarb tipidagi hujum bronetexnikalarining Kiyevga birinçi marta yetkazib berilişi, allaqaçon ilğor qurollar, jumladan, uzoq masofaga aniq zarbalar berişga qodir bölgan oğir artilleriya va raketa tizimlari (masalan, HIMARS) olayotgan Ukraina armiyasini kuçaytirişda yangi muhim qadam böladi.
Mavzuga oid
Şuningdek, yaqinda Bayden ma’muriyati Kiyevga AQŞ arsenalidagi eng ilğor havo mudofaasi quroli bölgan Patriot raketa batareyasi ham yetkazib berilişini e’lon qildi (5 yanvar kuni Germaniya ikkinçi batareyani yuborişga rozi böldi). Bu tizim asosan Ukraina energetika va fuqarolik infratuzilmasi obektlarini Rossiya raketalari va dronlari hujumlaridan himoya qiliş uçun zarur.
Agar dastlab Ukrainaning ğarbiy ittifoqçilari Ukraina armiyasining kiçik bölinmalarini alohida qurol tizimlari bilan işlaşga örgatgan bölsa, hozir minglab ukrainalik askarlar Ğarb davlatlari poligonlarida dala maşğulotlarini ötamoqda.
Zirhli transport vositalari yetkazib berilişi bilan vaziyat yanada murakkablaşadi. Ba’zi Ğarb siyosatçilari hujumkor qurollar — tanklarni yetkazib beriş uruş kuçayişiga olib kelişidan xavfsiramoqda. Ya’ni Rossiya buni Ğarb va Rossiya armiyasi örtasidagi töğridan töğri qarama-qarşilik sifatida qabul qilişi mumkin. Hatto HIMARS kabi tizimlarni yuboriş qarori ham jang maydonidagi vaziyat Ukraina foydasiga keskin özgargandan keyingina qabul qilingan edi.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy Economist jurnaliga yaqinda bergan intervyusida «duşmanni mağlub etiş mumkinligini», ammo buning uçun unga «300 ta tank, 600-700 dona piyodalar jangovar maşinasi va 500 ta gaubitsa kerakligi»ni aytgandi.
Abrams bölmasa ham Bradley
Ammo AQŞ Ukrainaning Abrams jangovar tanklarini beriş haqidagi sörovlarini rad qilişda davom etmoqda. Amerikaliklarning fikriga köra, bu tanklarni saqlaş juda qiyin hamda ulardan foydalanişda maxsus könikmalar va ekipajni tayyorlaş uçun köp vaqt talab etiladi.
Bradley Fors böğozidagi uruşda özini körsatgan. Foto: GETTY IMAGES
Bradley esa tank emas, u piyodalarni taşiş, olovli qöllab-quvvatlaş, razvedka qiliş va boşqa vazifalarni bajarişga möljallangan birlaştirilgan zanjirli platforma. Maşinaga tankka qarşi boşqariluvçi raketalardan tortib, havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlarigaça bölgan turli xil qurollarni örnatiş mumkin.
Bradley’ning oğirligi salkam 30 tonna, yaxşi tezlik (modifikatsiyasiga qarab taxminan 55 km/soat) va zirhga ega. Kuçli töp bilan jihozlangan va modifikatsiyasiga qarab, uçtadan töqqiztagaça odamni siğdira oladi.
Bronemaşina Ikkinçi jahon uruşi generali Umar Bradley şarafiga nomlangan. Bradley nisbatan yangi maşina bölib, u duşmanning yengil zirhli transport vositalariga qarşi kuraşiş vositasi sifatida yaratilgan.
Bradley Abrams tanklarining öq otiş kuçiga ega emas, lekin uning 25 mm avtomatik töpi va zirhlarni teşuvçi kiçik kalibrli M791 patroni Sovet PJM-1’ning old zirhini, T-72 tankining yon va orqa zirhlarini teşib ötişga qodir.
Fors körfazi uruşi davrida aynan Bradley maşinasi töplari SSSR tomonidan yetkazib berilgan Iroq armiyasi bronetexnikalarining katta qismini yöq qilgan edi. Ehtimol, endi ular yana ötmişdagi muvaffaqiyatlarini takrorlaşi kerak böladi.
Uşbu maşina harbiy xizmatda özini şunçalik yaxşi körsatganki, AQŞ harbiylari ularni qurolli kuçlardan çiqarib taşlaşdan köra, hali ham modernizatsiya qilişni afzal körmoqda.
Bundan taşqari, AQŞ zaxira omborlarida minglab Bradley’lar saqlanmoqda va amerikaliklar zaxiralari böşabqolişidan xavfsiramaydi.
Fransuz signali
4 yanvar kuni Ukraina xalqiga keçki murojaatida Zelenskiy Fransiyaning Ukrainaga ğildirakli tanklar beriş qarorini «barça hamkorlarimiz uçun aniq signal» deya olqişladi.
Fransuzlar özlarining AMX-10RC nomli yengil tanklarini afzal körişadi. Foto: GETTY IMAGES
Makron Ukrainani AMX-10RC yengil tanklari va Bastion zirhli transportyorlari bilan ta’minlaşga va’da berdi, biroq qaçon va qança maşina jönatilişiga aniqlik kiritmadi.
AMX-10RC 1980 yildan harbiy xizmatga qabul qilingan, ekipaji 4 kişidan iborat bölgan ğildirakli zirhli transport vositasi (ba’zi tasniflarga köra, yengil tank) hisoblanadi. Maşina razvedka va piyodalarni olovli qöllaşga möljallangan. Noqulay yerlarda şinalar bosimini tartibga soliş qobiliyati tufayli u zanjirli transport vositalari bilan bir xil ötuvçanlikka ega.
Fransiya armiyasi AMX-10RC’dan Fors körfazi uruşida va bir neçta tinçlikparvarlik operatsiyada foydalangan. Maşinalar Marokaş va Qatarga eksport qilingan. AMX-10RC, şuningdek, tankka qarşi qurol sifatida ham tasniflanadi.
2010 yilda 256 ta AMX-10RC modernizatsiya qilingan va kompyuterlaştirilgan aloqa, jang maydoni monitoringi tizimi hamda mustahkamlangan zirh bilan jihozlangan. Ukraina qurolli kuçlari maşinaning aynan qaysi versiyasini olişi hozirça aniq emas. Uşbu turdagi maşinalar jami 457 dona işlab çiqarilgan va 2016 yilda fransuz armiyasi ixtiyorida 248 ta AMX-10RC tanki bölgan.
Ayrim ma’lumotlarga köra, Ukraina qurolli kuçlari 20 ta Bastion zirhli maşinalarini oladi. Foto: GETTY IMAGES
Bundan taşqari, Fransiya Kiyevga Bastion zirhli transportyorlarini ham va’da qildi. Bu Acmat kompaniyasi tomonidan işlab çiqariluvçi zirhli, ğildirakli armiya yöltanlamas avtomobilidir.
Bastion asosan Afrikada faoliyat yurituvçi fransuz maxsus kuçlari uçun yaratilgan. Uning asosiy versiyasi beşta maxsus kuçlar askari uçun möljallangan, siğimi oşirilgan modifikatsiyada esa 8 kişi maşinaga joylaşişi mumkin.
Maşina zirhi ekipajni avtomat öqlari va oskolkalaridan himoya qilişga imkon beradi.
Ekspertlar nima demoqda?
«Bu maşinalar biroz ğalati narsalar. Ularni 1980 yillarda razvedka va piyodalarni olovli qöllaş uçun yaratişgan. Ular SSSR hujum qilgan taqdirda, tezda Germaniya orqali ötib, birinçi sovet eşeloniga qarşi jangga kirişi kerak bölgan «tezkor reaksiya kuçlari» tarkibidagi eng oğir maşinalar edi», deydi Daniyadagi Harbiy tadqiqotlar markazi professori Olive Şmidt.
«Şu ma’noda, maşinalar, masalan fransuzlarning «Bastion» zirhli maşinasi, 2023 yilda «ruslarga qarşi jang qiliş» böyiça özining asl yaratiliş maqsadini amalga oşiradi», deya qöşimça qiladi u.
Britaniyaning Economist jurnalining mudofaa masalalari böyiça muharriri Şaşank Joşi Parijning qarorini «omadli» deb atagan.
«Uşbu yengil, ğildirakli zirhli maşina juda harakatçan. U kuçli töp bilan jihozlangan va tezda olovli qöllaş qobiliyatiga ega.
Joşining fikriça, AQŞ va Fransiyaning Ukrainaga zirhli texnikalar yetkazib berişi, avvalroq Kiyevni hujumkor zirhli texnikalar, xususan, tanklar bilan ta’minlaşdan qörqqan Ğarbiy ittifoqçilarining taktikasi özgarganidan dalolat beradi.
Joşining sözlariga köra, endi Ukraina potensial ravişda Ğarbning katta miqdordagi zirhli texnikasini olişi mumkin, bu esa Kiyevning keng kölamli hujumlar ötkaziş qobiliyatini sezilarli darajada oşiradi.