“Öğlim, ortingga qayt. Keksayib qoldik...”
Mamlakat Madolimova, bedarak ketgan öğilning onasi:
“Öğlim Sohibjon 1982 yilda tuğilgan. Otasiga yordam beraman deb 2007 yilda Qozoğistonga çiqib ketgan edi. Şundan beri uni kutib yaşaymiz. Orada ikki singlisini turmuşga uzatdik.

Öğlim musofir yurtga ketgaç, dom-daraksiz yöq bölib ketdi. 10 yil deganda birdan qönğiroq qilib, yaxşi yurgani haqida gapirdi. U bilan 2017 yildan to 2018 yil yanvargaça, ya’ni 5 oy davomida telefon orqali gaplaşib yurdik. Şundan keyin yana dom-daraksiz ketdi. Aloqalar uzildi. Sohibjonga yoşimiz bir joyga borib qolgani, vatanga qaytişi şartligini aytib vaziyatni töğri tuşuntirdim. Tunda hamma uxlaydi. Lekin menda uyqu yöq. Yostiqqa boş qöygan zahotim öğlim haqida öylayman. Içim eziladi. Nahot bu dunyodagi işonganim, suyançiğim bizni unutib yuborgan bölsa?!

Öğlim yuvoş, sodda, qöy oğzidan çöp olmagan yigit edi. Tibbiyot kollejida tahsil olgandi.
Oxirgi marta qönğiroq qilganida puling yöq bölsa bu yerdan jönataylik, uylanib olgan bölsang ham ming marta rozimiz, kelin va bolalarni birga olib kel deb aytgandim. Bu gapimga javoban u puli yetarli ekani, bir kun kelib qaytişi haqida gapirdi. Singlisiga qönğiroq qilib, gap orasida pasporti yöqligidan Qozoğistonni tark eta olmayotganini aytgan ekan.

Oxirgi marta qönğiroq qilganida Hayit bayrami edi. Qölimda kapgir, oş pişirayotgan edim. Kapgirning qozonga urilgan tovuşiga telefonni yaqinlaştirib, oş qilyapman, qozonning sasini eşityapsanmi dedim. Öğlim “Onajon, oşingizni soğindim”, deya yiğlab yubordi. U yurtiga qaytişni çin dildan xohlayotgani, lekin qandaydir kuç qaytişiga tösqinlik qilayotgandek tuyulişi haqida antiqa gaplarni gapirdi.

Turmuş örtoğim zurriyotimizni qidirib Qozoğistonga bir neça marta borib keldi. Lekin afsuski uni topa olmadi. Öğlimni topişda yordam berişlarini sörab IIB va boşqa tegişli idoralarga murojaat qildim. Natija bölmagaç, hafsalam pir böldi”.




















