Turkmanistonning Bolqon viloyatida davlat xizmatçilariga prezident Serdar Berdimuhamedovning yangi portreti uçun 60 manat, uşbu portret ostiga qöyiladigan turkman gilami uçun 100 manat, «Arqadag va Serdar bilan baxtiyor yoşlar yili» şiori yozilgan plakatlar uçun 50 manat, jurnal va gazetalarga obuna böliş uçun 100 manat (jami 310 manat yoki taxminan 180 dollar) pul topşiriş majburiyati yuklandi. Bu haqda «Radio Azatliq» xabar berdi.
Mahalliy amaldor sözlariga köra, «xayriya aksiyasi» ta’lim, soğliqni saqlaş va politsiya xodimlari uçun öziga xos «yangi yil sovğasi» bölgan. Davlat xizmatçilari bunday majburiy xarajatlar daromadlarining taxminan 20 foizini taşkil qilişini aytişgan.
Aniqlik kiritilişiça, odamlar 8 yanvargaça tölovlarni amalga oşirişi şart. Şu bilan birga, 9 yanvargaça gilamlar, portretlar va şiorlar osib qöyilişi kerak.
Turkmaniston muassasalarida prezident portreti, iqtiboslari yozilgan plakatlar, şiorlarni osib qöyiş amaliyoti birinçi prezident Saparmurat Niyozov davridan beri davom etib kelmoqda. Uşbu çoralar davlat xizmatçilari, öquvçilar va talabalar hisobidan amalga oşiriladi.
Mamlakat böylab şiorlar odatda bir marta, prezident portretlari esa yiliga kamida ikki marta özgaradi. Bu tadbirlar davomida portretda prezident kiyimi yoki soçining rangi özgarişi, ba’zan esa uning suratida özgarişlar bölişi mumkin.
Bundan taşqari, davlat xizmatçilari yiliga ikki marta gazeta va jurnallarga obuna bölişi şart.

















