Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson 8 yanvar, yakşanba kuni Turkiyaning Şvetsiya NATOga a’zo bölişiga rozi böliş uçun ilgari surgan ayrim şartlari Stokholm uçun bajarib bölmas darajada, deb ma’lum qildi. «Turkiya bir vaqtning özida ikkita narsani tan oladi – biz va’da qilganimizni bajardik va ular biz bera olmaydigan yoki bermoqçi bölmagan narsani talab qilişyapti», — deya Kristerssonning sözlarini keltiradi Reutersagentligi. U qanday şartlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.
Şunga qaramay, Şvetsiya boş vaziri Anqara zarur rozilikni berişiga işonç bildirdi. Şvetsiya va Finlandiya Şimoliy Atlantika alyansiga qöşiliş tartibini Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişidan keyin boşladilar. Stokholm va Helsinki 18 may kuni rasmiy ariza topşirgan. NATOning barça 30 ta davlati qarorni ratifikatsiya qilişi kerak - şu kungaça 28 davlat buni amalga oşirgan. Turkiya va Vengriya hozirgaça bu qadamdan özini tiyib turibdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan avvalroq Şvetsiya töğri yönalişda «ijobiy qadamlar» taşlayotganini, biroq ittifoqqa a’zo böliş uçun keyingi qadamlar zarurligini aytdi. Boşqa narsalar qatori, Anqara Stokholm va Helsinkidan kurd ekstremistlari va 2016 yildagi davlat töntarişiga urinişda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilişni talab qilmoqda.

















