10-15 yanvar kunlari anomal sovuq bölişi e’lon qilingaç, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonova sovuqning inson salomatligiga qanday ta’sir etişi, uning zararli oqibatlaridan saqlaniş böyiça tavsiyalarini berdi.
– Qattiq sovuqda köpinça qon tomirlarining keskin torayişi kuzatiladi. Ayniqsa, gipertoniya, boş miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan oğrigan bemorlarga bunday noqulay ob-havo salbiy ta’sir körsatadi. Ularni boş va yurak sohasidagi oğriqlar bezovta qiladi.
Şuningdek, bronx va öpka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga çalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zörayadi. Ya’ni uydan köçaga çiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qiliş xavfi ortadi. Şu sababli bunday insonlar şifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy içib yuradigan dorilarini olib yurişi şart.
Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlaşuviga ham sabab bölişi mumkin. Çunki bunday şaroitda tana a’zolarining muzlab qoliş ehtimoli yuqori.
Şu bois sovuq qotişning oldini oliş uçun köçaga çiqqanda issiq va qalin kiyimlar kiyiş lozim. Bunda, qölqop va jun paypoqlardan foydalaniş juda muhim. Ayniqsa, boş va yirik qon tomirlari joylaşgan böyin qismini issiq tutiş talab etiladi. Sababi böyindagi tomirlar inson boş miyasini qon bilan ta’minlaydi.
Anomal sovuqda alkogol va tamaki iste’mol qilişdan voz keçgan ma’qul. Boisi bu zararli odatlar qon tomirlarini keskin toraytirib, qöl va oyoqning qisqa muddatda muzlaşiga sabab bölişi mumkin.
Qattiq sovuq havo inson terisini haddan ortiq quritib yuboradi. Şu bois köçaga çiqişdan avval tarkibida suv bölgan dori vositalarini teriga surtmagan ma’qul. Aksinça, yoğli kremlarni qöllaş tavsiya etiladi.
Sovuq kunlari ertalab, albatta, nonuşta qiliş kerak. Oç qoliş tananing tez muzlaşi va immunitet zaiflaşişiga sabab böladi. Iste’mol qilinadigan taomlar kaloriyasi issiq kunlarga nisbatan 25-30 foizga oşirilişi maqsadga muvofiq. Bunda, issiq va suyuq ovqatlar juda foydali.
Anomal sovuq kunlari oçiq havoda kamroq böliş, bolalar va keksalarning köçaga çiqmasligi tavsiya etiladi.

















