Turkiya politsiyasi Istanbulda yangi yil arafasida terakt uyuştirişni rejalaştirgan «Islomiy davlat» (ID) terrorçilik guruhining ikki a’zosini qölga oldi. Bu haqda 7 yanvar kuni Sabah gazetasi xabar berdi.

Gumonlanuvçilar Tojikiston va Özbekiston fuqarolari bölib çiqdi. 31 dekabr kuni, Yangi yil bayramiga bir neça soat qolganda ular Istanbulning Boşoqşehir tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlaridan qoçişga uringan. Biroq, politsiya şinalarga öq uzib, ularning maşinasini töxtatgan. Hozirda erkaklar hibsga olingan.

Ma’lum qilinişiça, uşlanganlardan biri «Abu Maymuna» laqabli Tojikiston fuqarosi K.Z.I. bölib, qölbola portlovçi moddalar böyiça mutaxassis. Aniqlanişiça, u terrorçilik taşkiloti a’zolarini bunga örgatgan, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda IŞID foydasiga taşviqot işlarini olib borgan.

Politsiya ma’lumotlariga köra, hibsga olinganlar 2017 yil 1 yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi köngiloçar markazda uyuştirilgan teraktga öxşaş hodisani rejalaştirgan. Öşa paytda 39 kişi halok bölgan edi.

Politsiya ma’lumotlariga köra, «Abu Maymuna» hibsga olingan. Özbekiston fuqarosiga nisbatan esa deportatsiya jarayoni boşlangan.