«Ular özi bilan ölim olib keldi». Qozoğistonni özgartirgan «qonli yanvar» voqealariga bir yil töldi
|02:13 / 09.01.202343 40526 min
2022 yilning dastlabki oyi zamonaviy Qozoğiston tarixiga «Qandi Qantar» – «Qonli yanvar» nomi bilan kirdi.
PAVEL PAVLOV/ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGESPAVEL PAVLOV/ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGES
Gaz narxi kötarilişiga qarşi boşlangan norozilik harakatlari tezda butun mamlakat böylab tarqaldi va hukumatga qarşi namoyişlarga aylanib ketdi; tinç namoyişlarning bir qismi tartibsizliklarga aylanib, şafqatsizlarça bostirildi. Oradan bir yil ötib, hali ham voqealar qanday va nima uçun tez rivojlangani haqida işonçli tuşuntirişlar yöq. Ammo hamma bir fikrga rozi: yanvar voqealari mamlakatning siyosiy tuzilişini tubdan özgartirdi va köplab qozoğistonliklar hayotini yanvardan «oldin» va «keyin»ga böldi.
Yangi yilning yettinçi kuni Meldexonlar oilasining oziq-ovqat zaxirasi tugay boşlaydi. Öşa paytda Olmaotadagi norozilik namoyişlari deyarli töxtagan, televideniye orqali şaharda tartib örnatilgani aytilayotgandi. Ammo hamon internet yöq va dökonlarda faqat naqd pul bilan savdo qilinardi.
Oziq-ovqat xarid qilib keliş uçun oilaning tört farzandi yöl oladi. Ikki nafar kiçik bolalar akasi va opasiga ergaşadi. Ular şaharning deyarli yarmini aylanib çiqişga majbur böladi. Qayerdandir non, yana qayerdandir tagliklar topiladi. Uyga qaytişda ular Sayfulin va Satpayev köçalari çorrahasidan Olmaota şahrining boş maydoni — Respublika maydoni tarafga buriladi. U yerda esa ularning maşinasini öqqa tuta boşlaşadi.
Katta öğil, 18 yoşli Aydar ortiga ögirilib, ketişga harakat qiladi, biroq öqqa tutiş kuçayadi. Keyinroq maşinada yigirmaga yaqin öq teşigi sanalgan.
Jarohatlangan bolalar maşinadan tuşib, ötkinçi maşinada eng yaqin kasalxonaga yetib borişga muvaffaq böladi. Otasi farzandlari yoniga yetib kelganida, uning tönğiç qizi yettita öq jarohati bilan reanimatsiyada yotgan edi. Eng kiçigi, 4 yoşli Aykorkem esa allaqaçon vafot etgandi.
Aydos Meldexon bolalariga köçaga çiqib oziq-ovqat sotib olişga ruxsat berganda, öşa kuni ertalab mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayev askarlarga har qanday ötkinçini ogohlantirmasdan otişni buyurganini bilmagan edi.
Rasmiylar 7 yanvarga kelib tartib tiklanganini ma’lum qilgan va köçalarda huquq-tartibot organlari patrullik qila boşlagandi
ALEXANDR BOGDANOV/AFP VIA GETTY IMAGES
«Xorijda muammoni tinç yöl bilan hal qiliş uçun tomonlarni muzokara ötkazişga çaqirişmoqda. Qanday ahmoqlik. Jinoyatçi va terroristlar bilan qanday muzokara ötkaziş mumkin?» degan Töqayev öz murojaatida.
Mavzuga oid
Yanvar oyidagi norozilik namoyişlarining dastlabki beş kunida rasmiylarning ritorikasi befarqlik va yoqilği narxini pasaytiriş uçun qisman yon berişga tayyorlikdan tortib, davlat töntarişiga uriniş haqidagi bayonotlar va ayrim şaharlarda tajovuzkorona harakat qilayotgan namoyişlarni zöravonlik bilan bostirişgaça özgardi.
«Hukumat qulamaydi» — deya bayonot berdi Töqayev.
Bunday keskin reaksiya Qozoğistonda köpçilikni hayratda qoldirdi. Töqayev prezidentlik qilgan uç yil davomida heç qaçon qattiqqöllik körsatmagandi.
Sobiq diplomat va taşqi işlar vaziri bölgan Töqayev 2019 yilda bölib ötgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida, mamlakatni sovet davridan beri avtoritar tarzda boşqarib kelayotgan özidan oldingi prezident Nursulton Nazarboyevning kömagi bilan ğalaba qozongandi.
Qozoğistonda kutilmaganda yetakçilikni qölga kiritgan Töqayev köpinça Nazarboyevning qöğirçoği sifatida qabul qilingan, siyosatşunoslar ularning munosabatlarini Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev tandemi bilan taqqoslagan.
Prezidentlikdan ketsa-da, Nazarboyev mamlakat Xavfsizlik Kengaşi rahbari lavozimi, hukmron partiya rahbarligi, siyosiy daxlsizlik va «Elboşi» – xalq otasi unvonini saqlab qoldi. Töqayevning prezident sifatidagi dastlabki qarorlaridan biri mamlakat poytaxti nomini Ostonadan Nur-Sultonga özgartiriş böldi.
Töqayev öz prezidentligining uç yilida ötmişdoşi soyasida qolayotgandi. Foto: STR/AFP VIA GETTY IMAGES
Ammo 2022 yil yanvarida Töqayev misli körilmagan mustaqil harakatlarni amalga oşirdi – u hukumatni tartibsizliklarga yöl qöyganlikda aybladi va uni iste’foga çiqardi, şuningdek, Milliy xavfsizlik qömitasi rahbari va Nazarboyevning yana bir qança şeriklarini hibsga oldi. Töqayev yordam sörab Moskva boşçiligidagi harbiy ittifoq — Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga murojaat qildi.
13 yanvarga qadar butun mamlakat böylab 10 mingdan ortiq odam hibsga olingan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, politsiya va namoyişçilar örtasidagi töqnaşuvlarda 238 kişi, jumladan, 19 nafar xavfsizlik xodimi halok bölgan. Yaradorlar, turli ma’lumotlarga köra, bir neça yuzdan bir neça minggaça bölişi mumkin.
«Huquq-tartibot idoralari rahbarlarida bu vaziyatda yagona harakat algoritmi va rejasi yöq edi. Çalkaşlik bor edi, buni oçiq tan olişim kerak. Huquq-tartibot organlari yetakçilari mas’uliyatni öz zimmasiga olişdan qörqdi. Ya’ni bu haqiqiy uruş edi, men mas’uliyatni öz zimmamga olişim kerak edi», degan Töqayev yanvar voqealaridan keyinroq bergan intervyusida.
Aykorkem nafaqat namoyişçilar va xavfsizlik kuçlari, balki tasodifan maydon yonidan ötgan ayollar, pensionerlar va bolalarning ham hayotiga zomin bölgan «qonli yanvar» voqealari qurbonlarining eng kiçigi böldi. Prokuratura ma’lumotlariga köra, 20 kişi «tasodifan otişma içiga» tuşib qolgan. Ammo huquq himoyaçilari bu raqamni kam deya hisoblaydi. Ba’zi odamlar rasmiylarga xabar bermasdan öz yaqinlarini dafn etgan bölişi ham mumkin. Yanvar voqealari paytida aslida qança odam halok bölganini, hozirda aniqlaş qiyin.
«Ular ölim olib keldi»
Aykorkem otasining sevimlisi edi: u tuğilganda otasi Aydos qirq yoşda edi. Otasi unga oilaning barça a’zolarining eng yaxşi fazilatlari meros bölib qolgani, u kirgan har qanday uyni yoritadigan bola bölganini aytadi.
Aydos telefonining ekraniga Aykorkemning ölimidan beş kun oldin, 2 yanvar kuni olingan sönggi suratini qöygan. Suratda qizça nafis oq köylakda kamera oldiga turgan. Oila Aykorkem surat va raqsga tuşişni yaxşi körganini eslaydi.
MELDEKHAN FAMILY ARCHIVE
Boşqa köplab qozoğistonliklar singari Meldexonlar oilasi ham yangi yil uçun beşbarmoq va olive salatini tayyorlayotgan kun Olmaotadan 3000 kilometr ğarbda odamlar suyultirilgan gaz narxini pasaytirişni talab qilib, köçalarga çiqdi. 1 yanvar kuni ularning soni ikki baravarga köpaydi.
Namoyişlar, barça qozoğistonliklar uçun 2011 yilda neftçilarning ommaviy norozilik namoyişlari ötkazilgan joy sifatida tanilgan Janaözen şahrida boşlandi. 2011 yilgi norozilik ham harbiylar tomonidan şafqatsizlarça bostirilgan, 17 kişi halok bölgan va yana yuzlab odamlar yaralangandi.
2022 yilda boşlanganidan ikki kun ötib, norozilik namoyişlari mamlakatning deyarli barça hududlarini qamrab oldi: odamlar kamida 16 ta aholi punktida mitinglarga çiqdi.
RUSLAN PRYANIKOV/AFP VIA GETTY IMAGES
Namoyişçilarning talablari endi yoqilği narxini pasaytiriş bilan çeklanib qolmadi. Ular ijtimoiy va iqtisodiy adolat örnatiş, siyosiy islohotlar ötkaziş, iş haqi va pensiyalarni oşiriş talablarini ilgari surdi. Namoyişçilarning yagona yakdil talabi Nursulton Nazarboyevning hokimiyatdan butunlay ketişi edi.
Öşa kunlardagi eng ommabop şior «Çol, ket» bölib, bu şior korrupsiya, qonunbuzarlik va qaşşoqlikdan çarçagan qozoğistonliklarning kayfiyatini aks ettirgan. Qozoğiston Markaziy Osiyodagi eng yirik va eng boy davlatdir, ammo KPMG audit kompaniyasi tadqiqotiga köra, 2019 yilda milliy boylikning yarmi atigi 162 kişiga tegişli bölgan.
Ğarbdagi şaharlardan taşqariga çiqqan norozilik harakatlari tajovuzkorona ruh oldi. Olmaotada politsiya bilan töqnaşuvlar boşlandi, 5 yanvarga ötar keçasi namoyişçilar maşinalarni yoqişni boşladi. 5 yanvar kuni tuşdan keyin olomon Olmaota şahar hokimiyati binosi, sobiq prezident qarorgohi va boşqa bir qança binolarga bostirib kirdi.
PAVEL MIKHEYEV/REUTERS
Hukumat mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi, mobil va simli internet hamda telefon aloqalari öçirib qöyildi. 6 yanvar kuni KXŞT qöşinlari Qozoğistonga kirib keldi.
Nega norozilik namoyişlari bunçalik tez ommaviylaşib ketgani va ularning tinç xarakteri qanday qilib tartibsizliklarga aylangani sababini hozirgaça heç kim aniq ayta olmaydi. Ayrimlar namoyişlar ortida Nazarboyevga sodiq maxsus xizmatlar turganini aytsa, boşqalar Töqayev şu yöl bilan özidan oldingi rahbardan butunlay qutulganini aytadi. Uçinçi taxmin — Qozoğistonda hokimiyat almaşişidan ba’zi taşqi kuçlar manfaatdor bölgani ustiga qurilgan bölsa, törtinçi versiyaga köra uyuşgan jinoiy guruhlar namoyişlardan foydalangan.
Ammo hamma bir xil fikrni ma’qullaydi: namoyişçilar orasida oddiy qozoğistonliklar ham, dökonlarni talon-toroj qilgan, ma’muriy binolarga bostirib kirib, öt qöygan piçoq, tayoq va ov miltiği kötargan odamlar ham bor edi. Köpçilik ularni provokatorlar deb ataydi.
Aydosning aytişiça, u qizi ölimidan oldin sodir bölayotgan voqealar kölami va oqibatlarini anglamagan. Uning sözlariga köra, 4 yanvar kuni u hatto eng yaqin politsiya bölimiga borib, köngilli sifatida öz yordamini taklif qilgan, biroq ular unga rahmat aytib, qaytarib yuborişgan.
«Mamlakatimizda avval ham tartibsizliklar bölgan, lekin odatda ular tezda tugar edi. Men hokimiyatga töliq işonardim va 4 yanvar kuni televizorda şahar köçalarida harbiylar va politsiyaçilarni körganimda, xursand böldim va şaharning egasiz emasligini tuşundim. Men ular ölim olib kelganini bilmas edim», deydi Aydos.
Qizi vafotidan keyingi bir yil içida Aydos bu voqeani önlab marta aytgan bölsa-da, uning tomoğiga tiqilib qolgan narsa heç qayerga ketmagan. Meldexonlar oilasi hamon farzandlarini aynan kim otganini aniqlaşga harakat qilmoqda.
Aykorkem vafot etgan va köplab yaradorlar davolanayotgan şifoxonaga qizçaning ölimidan bir neça kun ötib prezident Töqayev taşrif buyurgan. Aydos prezidentning oldiga borib, uni qiynagan savollarni berişga muvaffaq böladi — «Mening bolalarimda nima ayb bor edi?», «Nega ularga öq uzişdi?» Prezident yordamçisiga Aydosning telefon raqamini yozib olişni, voqeaga aniqlik kiritib, u bilan boğlanişni buyuradi. Biroq oila hozirgaça Töqayevning özi yoki uning apparati xodimlaridan heç qanday xabar olmagan.
Ötgan yil davomida Aydos nima bölganini tuşuniş maqsadida Töqayevning öziga köplab xatlar yozgan, şu bilan birga prezident administratsiyasi bilan uçraşiş uçun Ostonaga ham borgan. Yanvar oyida öldirilgan va hibsga olinganlarning köplab boşqa qarindoşlari ham xuddi şunday vaziyatga tuşib qolgan.
«Ölganlarning aybsizligini isbotlaş qiyin»
Huquq himoyaçisi Baxitjan Toregojina faollar unga qönğiroq qilib, otişma haqida aytgan vaqtda keksa onasi bilan bayramni nişonlayotgan edi. Öşa paytdayoq Olmaotada internet uzib qöyilgandi.
«Men bunga işonmadim va odamlar nega bunçalik qörqib, sarosimaga tuşib qoldi, deb öyladim. Çunki bizning xavfsizlik kuçlari odatda rezina öqlar va şovqinli granatalar işlatardi. Biroq bir neça soatdan keyin biz ular Toldirqörğon, Çimkent va Qizilördada odamlarni öldirayotganini aniq bildik», deya eslaydi Baxitjan.
ALEXANDR BOGDANOV/AFP VIA GETTY IMAGES
Qozoğiston hukumati yuqori martabali amaldorlar va namoyişçilar orasidan aybdorlarni qidirişda davom etmoqda. Aprel oyi holatiga köra, tartibsizliklar iştirokçilariga qarşi mingdan ortiq jinoiy iş oçilgan.
Milliy xavfsizlik qömitasining sobiq rahbari, Nazarboyevning ittifoqçisi Karim Masimovga nisbatan eng asosiy ayblov – davlatga xiyonat aybi qöyilgan. Uning ikki örinbosari ham hokimiyatni egallab olişga urinişda ayblanib hibsga olingan. Ularning uçalasiga qarşi tergov jarayoni yopiq eşiklar ortida ötkazilmoqda, ayblov işi materiallari maxfiy saqlanmoqda. Yanvar oyidayoq qömitaning yana uç nafar a’zosi ölik holda topilgan, OAV ular öz joniga qasd qilgani haqida xabar bergandi.
Tartibsizliklar natijasida halok bölgan şaxslarga nisbatan ikki xil jinoiy iş oçildi: qotillik va ommaviy tartibsizliklarni taşkil etiş yoki ularda qatnaşiş fakti böyiça.
«Ammo qotillik fakti böyiça oçilgan deyarli barça işlar töxtatildi», deydi Toregojina.
«Birinçi toifaga öq tanani teşib ötib ketgan va kim aniq otganini aniqlaşning deyarli imkoni yöq holatlar kiradi. Bunday jinoiy işlar töxtatiladi. Ikkinçi toifaga esa öq tanada qolgan va u qanday quroldan otilgani hamda uning egasi aniqlanişi mumkin bölgan holatlar kiradi. Lekin agar askar yoki politsiyaçi otgan bölsa, bunday holatlar «maxfiy» deb tasniflanadi», deya tuşuntiradi huquq himoyaçisi.
Toregojinaning fikriça, hukumat yanvar voqealari böyiça işlarning sudgaça borişi va öq uzgan askarlar jazolanişidan manfaatdor emas. Dastlab «qotillik» deb hisoblangan köplab holatlar keyinçalik «hokimiyat vakolatini suiiste’mol qiliş» sifatida qayta tasniflangan. Bu moddaga köra esa jazo ança yumşoqroq.
Huquq himoyaçisining fikriça, hukumat namoyişçilarga qarata öq uzganlarni jazolamaslik, şuningdek, namoyişçilarni ham faol ta’qib qilmaslik orqali jamiyat bilan sözsiz konsensusga kelmoqçi. Bir yil içida faqat bitta qotillik işi sudgaça bordi.
ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGES
«Jabrlanganlar köpçiligining qarindoşlari politsiya bilan kelişuvga borib, arizalarini qaytarib oldi. Çunki ularning heç biri öğli, ukasi yoki amakisi vafotidan keyin terrorçi sifatida tan olinişini istamaydi. Bu SSSRdagi davlatga xiyonat moddasiga öxşaydi. Bunday familiya bilan yaşaş hamma uçun oğir böladi. Öliklarning aybsizligini isbotlaş esa qiyin iş», deydi Toregojina.
Yanvar oyi voqealari zamonaviy Qozoğiston tarixidagi eng ommaviy va eng qonli namoyişlarga aylandi. Baxitjan Toregojina öz hamkasblari bilan birgalikda norozilik harakatlarining birinçi kunlaridanoq ölganlar, yaralanganlar va hibsga olinganlarning hisobini yuritişga harakat qilgan. Qarindoşlarini topa olmagan önlab odamlar ulardan yordam söragan.
Keyinçalik köngillilar va huquq himoyaçilari yaradorlar va halok bölganlar haqidagi ma’lumotlar yangilanib turuvçi «Qantar2022» jamoat harakatini tuzadi.
«Biz avtoritar davlatda yaşayotganimizni bilsak-da, sodir bölayotgan voqealardan hayratda qoldik. Biz xuddi XX asrga qaytgandek böldik, öşanda, 1986 yilda sovet hukumati Olmaotada SSSRga qarşi ötkazilgan birinçi ommaviy norozilik namoyişlarini qattiqqöllik bilan bostirgan edi. Yoki Nazarboyev 2011 yilda Janaözendagi neftçilar qözğolonini kuç bilan bostirgan davr qaytgandek böldi. Ammo yanvar voqealari öşa voqealar yetarliça örganilmaganining natijasi ekanini endi tuşunyapmiz. Hokimiyat jazosiz qolsa, qonunsizlik doimiy bölib qoladi», deydi Toregojina.
Yanvar voqealaridan söng öz yaqinlarini topiş ilinjida odamlar bir-biriga qönğiroq qilgan, ölikxona, şifoxona va tergov izolyatorlarini aylanib çiqqan. Huquq himoyaçilari esa qiynoqlar haqida yangi xabarlar ola boşlagan.
Kasalxona krovatidan qamoq izolyatoriga
37 yoşli avtomobil ustasi Ermek Abdreshev 5 yanvar kuni uydan çiqib ketgan va qaytib kelmagan. Oradan ikki kun ötib, komadan uyğongaç, u kasalxona krovatida taglik bilan yotganini köradi: öq yarasi uni bir közidan mahrum qilgandi.
Xuddi şu paytda, uni palataning özidayoq hibsga olişadi. Ermek uni qanday qilib xalat va şippakda, avtomat tiragan holda köçaga olib çiqişganini eslaydi.
«Ular mening qöllarimni boğlamadi, lekin men boşimning orqa tomonida avtomatning tumşuği turganini his qildim. Hamşira ularga mening heç nimani körmasligimni aytdi, lekin ular bunga men zinadan yiqilib tuşişimga sal qolgandagina işondi. Yon tomonimda yurgan politsiyaçilar qöllarimdan uşlab, yiqilişimga yöl qöymadi», deya hikoya qiladi Ermek.
Ermek olib ketilgan avtozak vaqti-vaqti bilan yangi odamlarni yuklaş uçun töxtagan va tiqilinçlarning birida Ermek şippagini yöqotib qöygan. Politsiyaçilar uni yalangoyoq maşinadan tuşirib, binoga olib kirgan va boşqalar bilan birga devorga tirkagan. Keyingi voqealarni esa u yomon tuş sifatida eslaydi.
«U yerdagilardan kimdir menga kurtka kiydirdi, çunki men faqat kasalxona xalatida edim. Qöriqçi mening ustimdan heç qanday sababsiz muzli suv quydi. U menga kurtkasini bergan oqköngil odamga nima qilganini men köra olmadim. Bizni söroq paytida ham, kamerada ham qiynoqqa solişdi», deydi Ermek.
U hibsga olingandan ön bir kun ötibgina garov evaziga ozod qilinadi. Ermek uni faqat kör bölgani uçungina qöyib yuborişganiga işonçi komil.
ERMEK ABDRESHEV
«Kamerada men ularga oçiqçasiga xalaqit berdim. Men har doim hamrohga muhtoj edim. Hatto hojatxonaga ham özim bora olmas edim, qoqilib ketib, yiqilardim», deydi Ermek.
U ozodlikka çiqqanda, köriş qobiliyatini qisman saqlab qolgan ikkinçi közi ham butunlay köriş qobiliyatini yöqotadi.
Yermekning eslaşiça, u namoyişçilar orasiga tuşib qolganidan bir neça soat ötib yaralangan. Tinç namoyişçilardan taşqari, u provokator deb atalayotganlarni ham körgan. Ular harbiy kiyimdagi odamlar bölib, svetoforlarni urib, binolarni vayron qilgan.
Ermekning sözlariga köra, u boşqa namoyişçilar bilan birga «provokatorlar»ni tinçlantirişga va ularni haydab yuborişga harakat qilgan. Ammo hukumat Ermekni tartibsizliklarda qatnaşganlikda gumon qilgan.
Ermekning aytişiça, undan neçta odam öldirgani va nimani vayron qilişga ulgurgani haqida söraşmagan. Ular Ermek yaralangan ekan, demak u provokatorlardan biri ekanligini aytişgan.
Unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yetti oydan keyin jinoyat tarkibi yöqligi sababli yopiladi. Ammo unga nisbatan qilingan qiynoqlar işi hali ham oçiq, lekin oldinga siljimayapti.
Hukumat «noqonuniy söroq usullari» qöllangani va buning oqibatida olti kişi halok bölganini tan oldi. Mart oyida prokuratura 200 dan ortiq şikoyat körib çiqilayotganini aytdi. Noyabr oyida inson huquqlari böyiça ombudsman Elvira Azimova, hukumat qiynoqlarga oid barça işlarning 80 foizini yopgani haqida xabar berdi. Inson huquqlarini himoya qiluvçi Human Righs Watch taşkiloti yaqinda e’lon qilgan hisobotida ta’kidlanganidek, mahbuslar ölimi uçun heç kim jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Yermek buvisi bilan. Foto: ABDRESHEV FAMILY ARCHIVE
Oradan bir yil ötib, Ermek deyarli uydan çiqmayapti va navbatdagi operatsiyaga tayyorlanmoqda. U narsalarga teginiş orqali uyni aylanadi, lekin u köriş qobiliyatini yöqotganiga hali töliq odatlanmagan. Uning sözlariga köra, yanvar oyidan beri u şunçaki «zulmatda içida qolib ketgan».
Ermek qamoqdan keyin uyiga qaytganida, qarindoşlari uni tanimagan. Uning onasi jurnalistlarga közida yoş bilan öğlining 5 yanvardan oldingi va izolyatordan keyingi rasmlarini körsatgan.
Ermekning sözlariga köra, oila hokimiyatdan tovon puli olmagan, faqat nogironlik böyiça nafaqa berilgan. Befarq bölmaganlar yordami bilan davolaniş uçun pul yiğilgan.
«Men avval şokka tuşdim, tinmay yiğladim. U hamişa körkam, kelişgan edi, oq kiyim kiyişni yaxşi körardi, bu unga juda yaraşardi. Hozir esa…» deya xörsinib, yiğlaydi Ermekning onasi.
Ermek bölsa «Hozir esa men hamma narsani oqqa aylantiraman», deydi yuzida tabassum bilan.
Yangi Qozoğiston
«Negadir öşa kunlarda Olmaota osmoni umidsiz kulrang rangga böyalgandi. Na quyoş, na moviy osmon bor edi. Dastlab bu tuman va smog sabab, keyin esa tutun va granata portlaşlari sabab yuz berdi», deydi olmaotalik rassom Saule Sulaymonova.
Saule qora va qizil polietilen paketlardan töqilgan 60 kvadrat metrlik «Olmaota osmoni» kartinasida yanvar voqealari haqida öz taassurotlarini izhor qilgan. U buni qonli yanvarning his qilinişi va ta’mi deb ataydi.
Rassomning aytişiça, uning körgazmasiga kelganlarning köpçiligi «Olmaota osmoni»ni körib yiğlagan. Ba’zilar bu mavzu kötarilganidan ğazablangan. Befarq odamlar deyarli bölmagan.
«Qonli yanvar» — bu haqda heç kim gapirişni istamaydigan umumiy jarohat ekaniga rassomning işonçi komil.
«Yanvarçilar — öşa kunlarda maydonda bölgan har qanday insonlardir. Ular namoyişçi, jurnalist yoki faol bölişi şart emas, bu şunçaki öq ostida qolgan oddiy ötkinçi bölişi ham mumkin. Ya’ni har birimiz», deydi Saule.
Rassom ötgan yil yuz bergan voqealar köpçilikning öz mamlakati haqidagi tasavvurlarini özgartirganiga amin.
«Biror narsani özgartiriş uçun tavakkal qilişdan qörqmaydigan oddiy qozoğistonliklar bu mamlakatga özgarişlar olib kelişi ma’lum böldi. Odamlar nihoyat jamiyatning kuçini, nimalarga qodirligini anglab yetdi – ha, bu xavfli, siz öz joningiz bilan tovon tölaşingiz mumkin, lekin noroziligingizni bildirişingiz ham mumkin. Menimça, bizda biron narsa yuqori darajada sodir böldi va odamlar osonroq gapira boşladi va bu qurbonliklar, menimça, behuda ketmadi», degan Saule.
Yanvar voqealaridan söng ötgan bir yil içida haqiqatan ham köp narsa özgargandek. Birinçi prezident Nazarboyevning köplab yodgorliklari tartibsizliklar paytida vayron qilindi va qayta tiklanmadi. Elboşining özi imtiyozlari va lavozimlarining aksariyatini yöqotdi. Tartibsizliklardan söng birinçi marta murojaat bilan çiqar ekan, u özini oddiy nafaqaxör deb atadi. Qozoğiston poytaxti oldingi nomiga qaytarildi.
Qosim-Jömart Töqayev nafaqat sobiq xöjayinidan voz keçdi, balki konstitutsiyani qayta yoziş orqali va’da qilingan siyosiy islohotlarni ham boşladi. Yigirmadan ortiq özgartirişlar orasidan prezidentning vakolat muddatini bittaga qisqartiriş, lekin muddatning özini yetti yilga uzaytiriş e’tiborga molik hodisa böldi.
Noyabr oyida, odamlarni otişga buyruq berganidan atigi 10 oy ötgaç, Töqayev muddatidan oldin saylovlar ötkazdi va unda osonlik bilan ğalaba qozondi.
«Töqayev yangi Qozoğiston qurayotganini aytmoqda, lekin saylovlar eski Qozoğiston uslubida ötkazildi. Unda haqiqiy muxolifat yöq edi, faqat texnik nomzodlar qatnaşdi. Xalqqa haqiqiy tanlov berilmadi», deydi Qozoğistonda işlovçi britaniyalik jurnalist Joanna Lillis.
«Yangi Qozoğiston»ning navbatdagi sinovi yaqin olti oy içida yuz beradi: iyun oyiga qadar mamlakatda parlament saylovlari bölib ötişi kerak. 2022 yilning noyabr oyida, 2013 yildan beri birinçi marta yangi partiya röyxatga olindi, ammo Lillisning sözlariga köra, bu partiya hukumatga haqiqiy muqobil sifatida köringani yöq.
«Töqayevni haqiqatan ham tanqid qila oladigan va hukumatdan öz harakatlari uçun javob talab qiladigan haqiqiy muxolifatni körmagunimizça hammasi Nazarboyev davridagi eski siyosatga öxşaydi, faqatgina biroz kamroq repressiv», deydi britaniyalik jurnalist.
***
Meldexon oilasi kompensatsiya berilgan kam sonli oilalardan biri. Hukumat ularga 20 ming dollarga yaqin tovon puli tölagan va Olmaotadagi yangi binodan uç xonali kvartira bergan.
Aydos bularning barçasi u televideniyeda çiqişni va jurnalistlar bilan gaplaşişni töxtatişi uçun berilganiga işonadi. Ammo u jim bölmasligini va uning uçun eng muhimi, qizining qanday vafot etgani haqidagi haqiqatni biliş ekanini ta’kidlaydi. Tergov şuni körsatdiki, maşinaga otilgan öqlar harbiylar tomonidan otilgan, biroq keyinroq iş maxfiylaştirilgan. Hozir na Aydos, na uning advokati tergov tafsilotlari bilan tanişa oladi.
MELDIKHAN FAMILY ARCHIVE
Aykorkem halok bölganidan yarim yil ötib, Olmaota şahrining markaziy köçalaridan birida noma’lum rassomlar uning surati aks etgan devor rasmini çizgan. Unda qizça qozoq milliy libosida tasvirlangan. Uning yonida qizçaning otasi yozgan şe’rdan parça keltirilgan — «Qaysi oğa meni otdi?»
Aydos va uning rafiqasi portretdan ta’sirlanib, rassomlarni topib, ularga rahmat aytişga kelişib oladi. Ammo ular mural yoniga qaytganlarida, rasmni şahar işçilari böyab qöyişgandi.
Energetika kompaniyasining ta’kidlaşiça, ular portretni böyaşga majbur bölgan, çunki transformator podstansiyalarida nomuvofiq tasvirlarni çiziş taqiqlangan va rassomlar obektning xavfliligi haqida ogohlantiruvçi belgilarni böyagan.
Kompaniya vakilining qöşimça qilişiça, har kimning qayğusi, puşaymonligi va noroziligi qonun doirasida bildirilişi kerak.