Toşkent şahrida joylaşgan «Çilonzor buyum savdo kompleksi» AJ hududidagi savdo rastasi qatorida soyabonlar qulab tuşdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu holat aks etgan video tarqaldi.
Poytaxt IIBB xabariga köra, 10 yanvar kuni Çilonzor tumanida joylaşgan «Çilonzor buyum savdo kompleksi» AJ hududidagi 3-4 ayvonlar yon tomoni va 5-6 ayvonlar orqa tomonida yölaklarda örnatilgan soyabonlar (naves) qor qalin yoğganligi sababli, oğirlikni kötara olmay egilib tuşgan.
Şu hududdagi fuqarolar va tadbirkorlar ularning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida evakuatsiya qilingan. Uşbu savdo dökonlari bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda vaqtinçalik yopilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yöqligi aytiladi.
«Hurmatli fuqarolar! Qor qalin yoğganligi sababli mustahkam bölmagan tösinlar, soyabonlar va boşqa moslamalar ostida yurmasligingizni söraymiz», deyiladi rasmiy ma’lumotda.

















