Eron sobiq prezidenti Ali Akbar Hoşimiy Rafsanjoniy qizi beş yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Foiza Hoşimiyga ötgan yilning sentabr oyida boşlangan norozilik namoyişlarida iştirok etganlik aybi qöyilgan. Uning advokati Nida Şamsning ma’lum qilişiça, sudyalar Foizani «hukumatga qarşi taşviqot» va «jamoat tartibini buziş»da aybdor deb topgan.
Advokat sözlariga köra, sud qarori ustidan şikoyat qilinişi mumkin. Biroq, hali ham panjara ortida qolayotgan Foiza Hoşimiy ustidan boşqa jinoyat işlari ham oçilgan. Ayol 2022 yil 27 sentabr kuni Tehronda «namoyişlarni qözğatganlik»da ayblanib hibsga olingan edi.
Eronda norozilik namoyişlari bir neça oydan beri davom etmoqda. Ötgan yili sentabrda Tehronda axloq politsiyasi tomonidan römolni notöğri öragani uçun hibsga olingan 22 yoşli Mahsa Aminiy bir neça kun ötgaç, şifoxonada vafot etdi. Şundan keyin butun mamlakat böylab norozilik namoyişlari boşlandi.
Rasmiylar dekabr oyi boşida 200 dan ortiq odam ölganini e’lon qilgan bölsa, xorijlik huquq faollari 27 dekabr kuni 476 nafar namoyişçi halok bölgani haqida xabar berdi.
Şu bilan birga, Eron ommaviy axborot vositalari mamlakat huquq-tartibot idoralarining 60 dan ortiq xodimi halok bölgani va minglab namoyişçilar hibsga olingani haqida xabar berdi.
Ali Akbar Hoşimiy Rafsanjoniy 1989-1997 yillarda Eron prezidenti bölgan. U 2017 yilda 82 yoşida vafot etgan.

















