Sönggi yillarda oliy darajadagi işonçli muloqot tufayli Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlik misli körilmagan sur’atlarda rivojlanib, amaliy mazmun bilan boyimoqda.

Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari, idoralari va işbilarmon doiralari örtasida qizğin va samarali aloqalar olib borilmoqda.

Bölajak qöşma tadbirlar jadvali va taşkiliy jihatlari, jumladan, taşqi işlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalaştiriş guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.

Özbekiston va Turkiya rahbarlari uçraşuvlari yakunida qabul qilingan qarorlarni amalga oşiriş böyiça birgalikdagi faoliyatni jadallaştirişga kelişib olindi.