Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni sanoatni rivojlantiriş hamda qöşimça zaxiralarni aniqlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

«Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta örin tutadi. Bu sohaga zarur şaroit yaratiş maqsadida sönggi yillarda 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kiçik sanoat zonasi taşkil etildi, ularning infratuzilmasiga 10 trillion söm yönaltirildi. Şuningdek, töqimaçilik, kimyo, quriliş materiallari, çarm, farmatsevtika, elektr texnikasi kabi tarmoqlarni «drayver»ga aylantiriş uçun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi. Sanoatni xomaşyo bilan ta’minlaş uçun geologiya-qidiruv işlari 3 barobar köpaytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.

Natijada oxirgi beş yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar köpayib, 100 mingtaga yetdi, işlab çiqariş hajmi 1,4 baravarga köpaydi.

Bu hududlar rivojiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Jumladan, Jizzaxda ilgari bölmagan quriliş materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo böldi. Birgina quriliş materiallari böyiça 220 ta loyiha işga tuşirilib, viloyat sanoatida bu sohaning uluşi 20 foizdan oşdi.

Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boşqa hududlarda metallni qayta işlaş böyiça 19 ta yirik loyiha amalga oşirilgan. Namanganda taşkil etilgan 54 ta yangi kiçik sanoat zonasida 2022 yilda 3 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilgan.

Kimyo sanoatida oxirgi uç yilda işlab çiqariş hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oşgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şu bilan birga, ayrim hududlarda natijalar imkoniyat darajasida emas. Xususan, 2022 yilda Navoiy, Buxoro va Toşkent viloyatlarida sanoat ösişi köngildagidek bölmagan. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Farğona va Xorazmda ip-kalavani qayta işlaş darajasi pastligiça qolgan. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, çarm-poyabzal, mebel işlab çiqariş salohiyati yetarliça işga solinmagan.

Şu bois yiğilişda joriy yilda sanoatni rivojlantiriş, sohaga investitsiyalarni köpaytiriş va zaxiralarni işga soliş çora-tadbirlari muhokama qilindi.

Davlat rahbari sanoat uçun yangi imkoniyatlar va qöşimça moliyaviy resurslar berilişini ta’kidladi.