Milliy o‘zbek kurashi Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi
O‘zbek milliy sporti – kurash Olimpiya o‘yinlarining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi.

Kurash 2023 yilning avgust oyida Kongo Demokratik Respublikasining Brazzavil shahrida o‘tadigan Afrika o‘yinlari tizimidan alohida sport turi sifatida rasman joy oldi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi va texnik direktori Muhammad Rizo Nosiriy mazkur o‘yinlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida Kongoga xizmat safari uyushtirdi. Tashrif davomida Kongo Yoshlar va sport, fuqarolik ta’limi vaziri Xuguyes Ngouyelondele bilan uchrashdi. Muloqotlar davomida kurashning Afrika o‘yinlaridagi texnik jihatlariga oid masalalar muhokama qilindi. Kurash musobaqalari uchun zarur bo‘lgan vositalar, texnik talablar va takliflar bildirildi.
Xuguyes Ngouyelondele mamlakatda kurashni eng ommalashgan sport turlaridan biri darajasiga olib chiqish maqsadida yirik musobaqalar o‘tkazib kelinayotgani va hukumat darajasida qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirib, Kongo kurash federatsiyasiga kurash gilami sovg‘a qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Kelgusida kurash vatani O‘zbekistonga tashrif buyurish rejalari borligini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv davomida XKA bosh kotibi Rizo Nosiriy Afrika o‘yinlarida kurash musobaqalari o‘tadigan zallar, sportchi va hakamlar, texnik delegatlar uchun ajratiladigan majmualar bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya antimonopoliya regulyatori Appleʼni 150 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 20:08
-
Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi
Jahon | 20:00
-
Netanyahu «ShABAK» maxsus xizmatiga yangi rahbar tayinladi
Jahon | 19:13
-
1 apreldan tabiiy gazning bazaviy me’yori 100 kub metrga tushiriladi
O‘zbekiston | 19:11
Mavzuga oid

23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi

20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

16:24 / 06.02.2025
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

09:05 / 31.01.2025