Janubiy Koreyada öqituvçilar malakasini oşiriş böyiça katta tajribaga ega bölgan boş menejyer Xan Çong Rim maktabgaça ta’lim muassasalaridagi bolalarga ingliz tilini örgatişning yangi va samarali usullaridan öqituvçilarga saboq beriş uçun taklif etildi.

Birinçi treningda Özbekistonning barça hududlaridan 1000 dan ortiq pedagoglar iştirok etişdi. Trening «Yaxşidan a’loga» şiori ostida ötdi. Öqituvçilar uçun ikkinçi trening ham onlayn va oflayn rejimda taşkil etildi. Uning doirasida topşiriq asosida öqitiş formati (topşiriqlarga asoslangan öqitiş), öquvçiga yönaltirilgan dars usullari va öquvçilarni rağbatlantirişi mumkin bölgan turli topşiriqlarga asoslangan tadbirlar (bolalar motivatsiyasi va boşqalar) böyiça materiallar taqdim etildi.

Xan Çung Rim 2022 yil noyabr oyida mamlakatda bölib ötgan Erta yoşdagi bolalarni tarbiyalaş va ta’lim beriş böyiça YuNeSKOning Butunjahon konferensiyasi doirasida Özbekiston Maktabgaça ta’lim vazirligiga Animal ABC Friends kitobidan 10 000 nusxa sovğa qilgan edi.