Xorazm viloyati hokimligi ham öqiş jarayonlarini bekor qilib, ta’tilni yana uzaytiriş haqida qaror qabul qildi.
«Viloyat hududida kuzatilayotgan anomal sovuq hamda ota-onalarning murojaatlarini e’tiborga olib, Xorazm viloyatining umumta’lim maktablari va maktabgaça ta’lim taşkilotlarida 2023 yilning 13-14 yanvar kunlari qöşimça ta’til berilişini ma’lum qilamiz.
Maktablarda dars maşğulotlari va maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati 2023 yil 16 yanvardan boşlanadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Avvalroq viloyat xalq ta’limi boşqarmasi 11 yanvar sanasidan barça umumiy örta ta’lim maktablarida öqiş jarayoni boşlanişini e’lon qilgandi. Boşqarma bu qarorni havo harorati keskin tuşib ketmasligi bilan izohlagandi.
Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi ham barça oliy ta’lim muassasalari va örta maxsus ta’lim taşkilotlari, umumiy örta ta’lim maktablari, maktabgaça ta’lim taşkilotlarining ta’til vaqtini 16 yanvargaça uzaytirdi.
Qoraqalpoğistonda darslar 12 yanvardan boşlanişi közda tutilgandi.
Bundan oldinroq Buxoro viloyatida ham maktablarda qişki ta’til 16 yanvarga qadar uzaytirilgani ma’lum bölgandi.
















