Mudofaani boşqariş milliy markazida Özbekiston prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Unda Xavfsizlik kengaşi a’zolari, Qurolli Kuçlarimizning qömondonlik tarkibi, harbiy-ma’muriy sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda mamlakat mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlaş böyiça 2022 yilda amalga oşirilgan işlar tahlil qilindi.
Qayd etilganidek, ötgan yili ham Qurolli Kuçlarni boşqariş tizimini takomillaştiriş, qöşinlarning jangovar şayligi va ruhiy tayyorgarligini oşiriş, bölinmalarni zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnikalar bilan ta’minlaş davom ettirildi.
Barça kuç tuzilmalarining özaro hamkorlikdagi axborot-kommunikatsiya tizimlari Qurolli Kuçlarni boşqariş jarayonlariga izçil integratsiya qilinmoqda. Davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş tizimini takomillaştiriş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar muntazam amalga oşirilmoqda. Qurolli Kuçlar boşqaruv organlari va qöşinlarni birgalikda tayyorlaş tizimiga xorijiy armiyalarning ijobiy tajribalari joriy etilmoqda.
«Xalq va armiya – bir tanu bir jondir» degan ezgu tamoyil öz natijasini berdi. Harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati samarasida harbiy şaharçalar infratuzilmasi töliq yangilandi, yangi öquv poligonlari barpo etildi.
Vatan himoyaçilarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi ham mustahkamlandi. Ötgan yili 3 mingdan ortiq oilalar uy-joy bilan ta’minlandi. Harbiy ayollar mehnatini rağbatlantiriş maqsadida “Tömaris” nişoni ta’sis etildi. Harbiy xizmatçilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli asosda öqişga kirdi, rafiqalari va harbiy pensioner iş bilan ta’minlandi.
Yiğilişda sohadagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Hozirgi şiddatli geosiyosiy qarama-qarşiliklar şaroitida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, axborot xavfsizligi va boşqa sohalarda keskin muammolar paydo bölmoqda. Murakkab xalqaro vaziyat, xavfsizlikka nisbatan xavf-xatar va tahdidlarning kuçayişi Markaziy Osiyoda ham kuzatilmoqda.
«Eng katta boyligimiz bölgan tinç hayotni asraş, xalqimiz farovonligini ta’minlaş, kelajak rejalarimizni belgilaşda ana şu holatlarning barçasini inobatga olişimiz zarur. Biz har qanday vaziyatda ham Özbekistonning davlat suvereniteti, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlaşimiz şart. Bu – bizning tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burçimiz va majburiyatimizdir», – dedi Şavkat Mirziyoyev.






















