Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tartiblariga oid nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hukumat qarori loyihasi bilan:

a) xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • majburiy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahsulotlar davlat reyestrini yuritish;
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahsulotlarning daliliy hujjatlarini shakllantirish va saqlash;
  • davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘zgartirish kiritish, uni amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish tartibi;

b) mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar turlari ro‘yxati;
  • mahsulotlarni intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
  • sertifikatlashtirishni amalga oshirish tartibi;
  • mahsulotlarni sertifikatlashtirish sxemalari qo‘llanishi;
  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy baholash;
  • muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirish kiritish tartibi;

v) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan majburiy muvofiqligi deklaratsiyalanadigan mahsulotlar ro‘yxati;
  • muvofiqlikni deklaratsiyalash sxemalari;
  • muvofiqlikni deklaratsiyalash hujjatlarni shakllantirish va uni ro‘yxatga olish;
  • muvofiqlik deklaratsiyasini ro‘yxatga olishga asos bo‘lgan daliliy hujjatlarni shakllantirish va saqlash;

g) xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini ma’lum qilish yo‘li bilan tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan: