Hududlarga biriktirilgan Işçi guruhlar taşkil etilgan bölib, ularga joylarda çiqqan holda, faoliyat yuritayotgan 1300 dan ortiq korxonalarning işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş hamda çiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oşiriş imkoniyatlari böyiça örganiş va takliflar işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.

Işçi guruhlarga qiziqiş bildirgan mahalliy tadbirkorlarni jalb qilgan holda turli sohalarda 1100 dan ortiq yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini örganiş topşirildi. Bundan taşqari, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalarni, jumladan, zamonaviy asbob-uskunalar yetkazib beriş va örnatiş bilan boğliq muammolarni aniqlaş maqsadida 2 mingga yaqin investitsiya loyihasi örganiladi.

Maxsus iqtisodiy, kiçik sanoat, yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantiriş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar alohida körib çiqildi. Vazirlik hududlarga biriktirilgan vakillariga sanoat zonalardagi joriy holat, kommunal tarmoqlarga ulangani, ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanayotgani, obektlarni yuqori qöşimça qiymatga ega tayyor mahsulotlarni şakllantiriş zanjiriga jalb qilingani yuzasidan örganiş ötkaziş böyiça topşiriqlar berildi. Hududlarda 68 ta yangi yirik sanoat loyihasini amalga oşiriş çoralarini tahlil qiliş va aniq çora-tadbirlar rejalarini işlab çiqiş topşirildi.

Vazirlik Işçi guruhlarining hududlardagi faoliyati yakunlari böyiça 2023 yilda sanoatni jadal rivojlantiriş çora-tadbirlarini öz içiga olgan Dastur tayyorlanadi.

«Sanoat töğrisida»gi qonun, «Özbekiston sanoatini rivojlantiriş strategiyasi» loyihalarini işlab çiqiş, yirik işlab çiqariş korxonalari qoşida mutaxassislar nazariy bilimlarni oliş va amaliy könikmalarni özlaştirişlari mumkin bölgan muhandis kadrlar tayyorlaş maktablarini taşkil etiş çoralari vazirlik faoliyatining alohida yönalişlari sifatida belgilandi.