Vaşington Tehron Rossiyaga yuzlab ballistik raketalarni topşirişni körib çiqayotganidan xabardor, dedi u.
Tomas-Grinfild tinçlik tarafdorlari bölgan barçani Eron va Şimoliy Koreyadan Moskvaga qurol yetkazib berişni töxtatişni, Rossiyadan esa uruşni töxtatişni talab qilişga çaqirdi.
Ukrainadagi uruş fonida NATO va YeI hamkorligini çuqurlaştirmoqda va Kiyevga harbiy yordamni oşirişga tayyorlanmoqda. Fon der Lyayyen uruşda Rossiyaga körsatgan yordami uçun Belarusga qarşi yangi sanksiyalarni va’da qildi.
10 yanvar, seşanba kuni NATO va Yevropa Ittifoqi hamkorlik töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bunday kelişuv Yevropa qit’asidagi uruş fonida birinçi marta tuzilmoqda.
«Putin bir neça kun içida Ukrainani qölga kiritib, bizni bölmoqçi böldi. Ikkala masala böyiça ham u aniq muvaffaqiyatsizlikka uçradi», - dedi NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg deklaratsiyani imzolaganidan keyin Bryusselda ötkazilgan matbuot anjumanida.


















