Respublikamiz böylab anomal sovuq ob-havo tufayli xonodonlarga berilayotgan gaz bosimi hamda issiqlik energiyasi haroratining tuşib ketganligi sababli asosiy yuklama elektr ta’minotiga tuşişi oqibatida elektr yetkazib beriş va ta’minotda uzilişlar kuzatilmoqda. Buning natijasida, Toşkent şahrining köplab tumanlaridagi elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda favqulodda uzilişlar sodir bölmoqda, deyiladi AJ matbuot xizmati tarqatgan murojaatnomada.

Şu munosabat bilan aholi va ijtimoiy soha obektlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlaş maqsadida tun-u-kun filialimiz tomonidan tegişli çoralar körilmoqda. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toşkent şahar filiali tomonidan joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarning oldini oliş hamda favqulodda avariyali uzilişlarni tezlik bilan öz vaqtida bartaraf etiş maqsadida, kuçaytirilgan navbatçilik ştabi taşkil etilgan.

Anomal sovuq kunlarida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib, tuğuruqxonalar, şifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining elektr ta’minotini beriş, tizimda avariyali uzilişlarni tezkor bartaraf etiş, ijtimoiy soha obektlarini alohida nazoratga oliş hamda favqulodda holatga barça elektr qurilmalarini şay holatga keltiriş maqsadida, taşkil etilgan tezkor çiqiş brigadalariga qöşimça mutaxassislar jalb etilgan.

Xususan, 14 yanvar kuni davomida 100dan ortiq elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Nosozliklarni bartaraf etiş uçun barça korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvçi maxsus brigadalar taşkil etilgan bölib, ular zarur transport vositalari, qöşimça elektr qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.

Bundan taşqari tarmoqlarda yuklamani kamaytiriş hamda energiya resurslarini birinçi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib beriş uçun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib beriş hajmi keskin kamaytirildi. Barça hududlardagi köça yoritiş çiroqlarining bir qismi öçirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yönaltirilmoqda.

Şu örinda iste’molçilardan vaziyatni töğri tuşungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanişlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boşqa xonadonlarning çiroği yonişiga sabab böladi.

Eslatib ötamiz, poytaxtning qator hududlarida bir neça soatlab çiroq öçib qolmoqda. Bu holat Toşkentda oldingi yillar kuzatilmagan.