“2023 yil uçun Özbekiston Davlat budjeti töğrisida”gi qonun kuçga kirdi.
2023 yil uçun yalpi içki mahsulot 1 068 044 mlrd söm darajasida prognoz qilinmoqda. YaIM ösiş sur’ati 5,3 foizni, iste’mol narxlarining indeksi ötgan yilning dekabriga nisbatan 9,5 foizni taşkil etadi.
2023 yil konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining çeklangan miqdori yalpi içki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi. 2023 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 310,68 trln söm darajasida prognoz qilinmoqda.
Özbekiston nomidan va Özbekiston kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi içki mahsulotning yillik prognoz körsatkiçiga nisbatan 60 foizdan oşmasligi kerak.
2023 yil uçun Özbekiston nomidan va Özbekiston kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan yangi bitimlarning çeklangan hajmi 4,5 mlrd AQŞ dollari, şundan Davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, şu jumladan Davlat budjeti taqçilligini moliyalaştiriş uçun - 2 mlrd AQŞ dollari, investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun - 2,5 mlrd AQŞ dollari miqdorida belgilandi.
2023 yil uçun Özbekiston nomidan çiqariladigan davlat qimmatli qoğozlarining çeklangan sof hajmi 17 trln söm miqdorida belgilandi. Bunda moliya yili davomida çiqariladigan hamda joriy yilda qoplanadigan davlat qimmatli qoğozlari çeklangan sof hajmga kiritilmaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining taşabbusiga köra amalga oşiriladigan qöşimça tadbirlarni moliyalaştiriş faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar mahalliy budjetlarining qöşimça manbalari hisobidan amalga oşiriladi.
Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar va şaharlar hokimliklari tegişli budjetlarni birinçi navbatda iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uçun xarajatlar rejalaştirilişini nazarda tutgan holda şakllantiradi.

















