9 yanvar kuni köplab hududlarda qalin qor yoğdi. Natijada 10 yanvar kuni toşkentliklar tozalanmagan köçalar, yoğingarçilik natijasida qulab tuşgan daraxtlar, yöllardagi uzun tirbandliklar bilan töqnaşişdi.

Garçi qor yoğişi deyarli 1 sutka ötib töxtagan bölsa-da, sovuq harorat beşinçi kundirki, çekingani yöq. 13 yanvar tongida Toşkentda 19,8 daraja sovuq harorat qayd etildi.

“Mazkur körsatkiç poytaxtdagi oxirgi yarim asrlik uçun eng minimum haroratdir”, – dedi Gidrometeorologiya xizmati matbuot kotibi Munisa Asqarxöjayeva.

Şunday bölsa-da, mas’ullarning palapartiş qarorlari ortidan maktablarda darslar çala, davomat juda past holatda davom etyapti. Ota-onalar sovuq sabab farzandini maktabga yubormayotgani sabab qator maktablarda 3-çorak boşlanişi 16-18 yanvarga surilgani aytilmoqda.

Toşkent va Özbekistonning boşqa hududlarida ham sovuq tuşişi bilan gaz bosimi keskin pasayişi odatiy hol. Bu yil ham şunday böldi. Mamlakat aholisi gaz bosimining pastligi va elektrdagi doimiy uzilişlardan aziyat çekmoqda. Yuzaga kelgan energiya inqirozini yumşatiş uçun aksariyat sanoat korxonalari va gaz quyiş şoxobçalari faoliyatiga çeklov qöyilgan.

“Uyimizda gaz bosimi juda past. Şuning uçun faqat suyuq ovqatlar içyapmiz, quyuq ovqatlar yemay qöydik”, – deydi poytaxtlik ayollardan biri.

Mirzo Uluğbek tumani yaşovçilaridan bölgan boşqa bir ayol esa köp qavatli uyda turişi va hozirgi sovuqdan ayniqsa uyidagi çaqaloqlar qiynalayotgani haqida gapiradi.