Özbekiston xalq şoiri, Oliy Majlis Senati a’zosi, Yozuvçilar uyuşmasi Farğona viloyati bölimi rahbari, şoira Enaxon Siddiqova 68 yoşida vafot etdi.

Enaxon Siddiqova 1954 yil 28 avgust kuni Farğona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan. Farğona davlat institutining filologiya fakultetida (1972–1976) tahsil olgan. 

Oltiariq va Farğona tumanlari maktablarida öqituvçi, maktab direktori vazifalarida xizmat qilgan (1976–1996). Özbekiston XDP Farğona tumani ikkinçi kotibi (1996), «Farğona haqiqati»-«Ferganskaya pravda» gazetasi muxbiri (1990–1997), Farğona viloyati hokimligi xodimi (1997–2001) lavozimlarida işladi. 

Şoira şu kunga qadar Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Farğona viloyati bölimi rahbari, «Qalb sadosi» haftalik gazetasining boş muharriri vazifasida xizmat qilib kelayotgan, 2015 yildan şu kunga qadar Oliy Majlis Senati a’zosi edi.

Enaxon Siddiqova atoqli şoir Erkin Vohidovning «Oq yöli» (1977) bilan adabiyotga kirib keldi. Şundan söng uning «Qoraköz turnalar», «Sumanbar nasim», «Köngil ufqlari», «Işq ifori», «Sizni dedim» kabi şe’riy töplamlari, «Sirli tun faryodi», «Ona haqida qöşiq», «Vatanga baxşida umr» kabi hikoyalar va liro-epik qissalar majmuasi, «Qizoyimlarga kelinlik saboqlari», «Tibbiyot fidoyilari», «Xaloskorlik», «E’zozli ayollar» kabi publitsistik asarlari çop etilgan.

Adabiyotşunoslar şoiraning şe’rlariga baho berar ekan, u öz asarlarida inson deb atalgan sehrli-möjizakor xilqatning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini alqaydi, himoya qiladi, olqişlaydi, insonga işonç ruhi, samimiyat uning ijodida badiiyatning muhim unsurlari sifatida böy körsatadi, deb ta’riflaydi.

Enaxon Siddiqova «Eng uluğ, eng aziz» tanlovining respublika bosqiçi ğolibi bölgan.

Adabiyot rivoji yölidagi mehnatlari munosib e’tirof etilib, unga 2004 yili «Döstlik», 2009 yili «El-yurt hurmati» ordenlari, 2016 yili esa «Özbekiston xalq şoiri» faxriy unvoni berilgan. 2018 yili Farğona davlat universitetining faxriy professori unvoniga munosib körilgan edi.