2023 yil 13 yanvar kuni Boşqaruv raisi boşçiligidagi “Işçi guruh” Muborak gazni qayta işlaş zavodida gazni qayta işlaş jarayonlari barqarorligini ta’minlaş işlari bilan tanişdi.
Zavoddagi gazni qayta işlaş qurilmalarida muzlaşning oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, işlab çiqariş jarayonlarida energiya sarfini kamaytiriş hamda suyultirilgan gaz işlab çiqarişni barqaror ta’minlaş böyiça körilgan çora-tadbirlar ijrosi nazorat qilindi.

Gaz tarkibidan propan-butan aralaşmasi ajratib oliş qurilmalarida suyultirilgan gaz işlab çiqariş jarayonlari ham örganildi. Eslatib ötamiz, Muborak gazni qayta işlaş zavodi tomonidan bir sutka davomida 42 million kub metr tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib, “Öztransgaz” AJ magistral gaz quvurlariga yetkazib berilmoqda. 2023 yilning 1-12 yanvar kunlari 516 million kub metr yetkazib berildi.
Zavodning markaziy dispetçerlik boşqaruv pultiga ham borilib, bu yerda boşqaruv jarayonlarini avtomatlaştiriş va raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi.

2023 yilda Muborak zavodida 18,5 mlrd kub metr gazni qayta işlaş, 278,4 suyultirilgan gaz va 211,3 ming tn oltingugurt işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Zavodning gazni qayta işlaş qurilmalarida Muborak boşqarmasi tomonidan yetkazib beriladigan tabiiy gazni qayta işlaş bilan birgalikda, “LUKOYL” Qöşma korxonasi, “SANEG”, “Natural gaz stream” xorijiy korxonalari kabi 5 ta korxonalar tabiiy gazini qayta işlaş xizmati körsatiladi. Şu örinda zavod tomonidan qöşma korxonalarga xizmat körsatişning barqarorligini ta’minlaş böyiça zavod rahbariyatiga körsatmalar berildi.

Muborak zavodi tomonidan aholi va ijtimoiy soha obektlari ehtiyoji uçun suyultirilgan gaz yetkazib berişni muntazam ta’minlaş, xususan “Hududgazta’minot” AJ hududiy filiallariga avtosisterna va vagon sisternalari orqali yuklaş, temiryöl tizimi korxonalari bilan jönatiş işlarini doimiy taşkillaştiriş böyiça zavod rahbariyati hamda tegişli departamentlarga topşiriqlar berildi.
Ma’lumot örnida ta’kidlaş joizki, 2022 yilda zavod tomonidan 298,4 ming tonna suyultirilgan gaz işlab çiqilib, şundan aholi va ijtimoiy soha ehtiyoji uçun 282,4 ming tonna mahsuloti yetkazib berilgan bölsa, 2023 yil boşidan 9,7 ming tonna mahsulot işlab çiqilib, 9,8 ming tonna suyultirilgan gaz yuklab jönatildi.













