Polşa va Litva Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarşi yangi, öninçi sanksiyalar paketining bir qismi sifatida RF yadro sektoriga çeklovlar joriy etişga çaqirdi, deb xabar berdi Reuters agentligi 13 yanvar, juma kuni ikkala mamlakatning yuqori martabali diplomatlariga tayanib. Ularga köra, uşbu jazo çoralari töplami Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirganining bir yilligi sanasi – 24 fevralgaça tayyor bölişi kerak.

Reuters xabariga köra, Ukraina allaqaçon Yevropa Ittifoqini "Rosatom"ga qarşi sanksiyalar qöllaşga çaqirgan, biroq bu taşabbus hozirça, xususan, Vengriya tomonidan bloklangan. Polşa va Litva, şuningdek, köproq "Rossiya taşviqoti ommaviy axborot vositalari"ni taqiqlaşni va Rossiya banklarini SWIFT xalqaro tölov tizimidan çiqarib taşlaşni taklif qilişdi.

Varşava va Vilnyus Belarusga qarşi ham çeklovlar joriy etiş tarafdori bölib, uning yordamida agentlik suhbatdoşlariga köra, Rossiya Yevropaning ayrim sanksiyalarini çetlab ötişga muvaffaq bölmoqda. Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen YeI Ukrainaga qarşi uruşda Rossiyaga yordam bergani uçun Belarusga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişini aytgan edi.

Yevropa diplomatlari Yevropa Ittifoqi Belgiya va Rossiya örtasidagi olmos savdosini yana bir bor töxtatişga va harbiy maqsadlarda foydalaniş mumkin bölgan tovarlar savdosiga qöyilgan taqiqlarni kengaytirişga harakat qilişini aytdi.

Hozirda 1300 ga yaqin odam va 120 taşkilot Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Çeklovlar savdo, transport, energetika, bank, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalariga tegişli.