Özbekistonda erkaklar soni ayollarga nisbatan oşib bormoqda. Bu nimani anglatadi?
|19:16 / 15.01.202325 4079 min
Özbekiston aholisi oşayotgani sayin, ayollar uluşi qisqarib bormoqda. Buning aniq sabablarini sanaş qiyin bölsa-da, homila jinsi qiz bola ekani uçun abort qildiriş asosiy sabablardan bölişi mumkin. Sababi - oxirgi yillarda öğil bolalar qiz bolalarga qaraganda köproq tuğilmoqda.
Özbekiston doimiy aholisi tarkibida ayollar uluşi 1991 yildan 2022 yilgaça bölgan 31 yillik muddatda 0,9 foizga qisqardi. Davlat statistika qömitasi bergan ma’lumotga köra, ayollar 1991 yilda doimiy aholining 50,6 foizini taşkil qilgan bölsa, (erkaklarga qaraganda 0,2 foiz köproq) 2022 yilga kelib bu körsatkiç 49,7 foizni taşkil qilmoqda.
Ön yilliklar kesimida doimiy aholi tarkibida ayollar uluşi:
1991 yil – 50,6 foiz;
2000 yil – 50,2 foiz;
2010 yil – 49,9 foiz;
2020 yil – 49,7 foiz;
2022 yil – 49,7 foiz.
2023 yil 1 yanvar holatiga köra, doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 232 ming nafarga köp.
Doimiy aholi tarkibidan ayollar uluşining kamayib borişi va erkaklar uluşi oşişi aynan qanday omillar hisobiga sodir bölgani qiziq tendensiya.
Bloger Şahnoza Soatova bu haqida «Sabablar borasida fikrlaringiz qiziq. Mening fikrim: öğil farzandga taassub natijasi. Ultratovuş tekşiruvlari ommalaşuvi tufayli qiz homilani köproq abort qildirişgan», deb yozdi.
Birgalikda sabablarni tahlil qilişga harakat qilib köramiz.
Dunyoda erkaklar köpmi yoki ayollar?
Dunyo aholisining ham köproğini erkaklar taşkil qiladi. 2021 yil holatiga köra, erkaklar soni ayollarga nisbatan 44 mlnga köproq. Ötgan yili dunyoda 106 nafar öğil bolaga 100 nafar qiz bola tuğilişi töğri kelgan.
Har 101 nafar erkakka 100 nafar ayol töğri keladi.
Tuğiliş köproq bölsa, erkaklar köproq böladi
Mavzuga oid
BMT tahlillariga köra, aholining örtaça yoşi qança yoş bölsa, aholi uluşida erkaklar foizi ham yuqoriroq böladi. Sababi köplab davlatlarda homilani jinsiga qarab abort qildiriş «an’anasi» şakllandi. Qolaversa, gender tengsizliklari ayollarni sifatsiz tibbiy xizmatga duçor qiladi, ularning homiladorlik va tuğuruq, undan keyingi davrda ölim xavfini ham oşiradi.
Lekin köplab davlatlarda ayollarning örtaça umr köriş davomiyligi erkaklarnikiga qaraganda köproq. Bu ayol organizmining çidamliroq ekani, erkaklarning esa xulq-atvori va boşqa genetik faktorlar bilan boğliq.
Masalan, Özbekistonda erkaklarning örtaça umr davomiyligi 2021 yil holatiga köra, 71,7 yoş bölsa, ayollarda 75,8 yoşdir.
Qiz homila aborti sabab aholi nisbatidagi farq kattalaşişi
Bu holat Hindistonda juda kuçli bölgan. Hindistonda 1960 yillarda har 105 nafar öğil bolaga 100 nafar qiz töğri kelgan bölsa, 1980-yillarda ultratovuş tekşiruvi ommalaşa boşlagaç, nisbat kattalaşib, har 108 öğilga 100 nafar qiz töğri kelgan. 90 yillarda bu nisbat 100/110 ni taşkil qilib hozirgaça şunday qolmoqda. Mamlakatda «Qizlarni asraylik» kampaniyalari ötkazilişi, turli taqiqlar qöllanişi bilan jinsni tanlab abort qildirişga nisbatan körilayotgan çoralar özini endi-endi oqlay boşlamoqda.
Qiz-öğil tuğilişidagi keskinlik borasida Hindistondan ham ilğor mamlakatlar bor. Tuğilişda qiz va öğil bolalar nisbati yuqori davlatlar röyxatida birinçilikni Xitoy, Ozarboyjon, Viyetnam, Armaniston, undan söng Hindiston egallaydi.
Tahlillarga köra, öğil bolalarni köproq afzal köriş qiz bolalarning keyingi hayoti davomida ham tengsizlikka uçraşlariga sabab böladi. Garçi qiz bolalarning yaşovçanligi öğil bolalarnikiga qaraganda yuqoriroq bölsa-da, bolalar ölimi uluşida qizlarniki yuqoriroq bölişi mumkin. Bunga sabab ham öğil bolalarni afzalroq köriş.
qizlarga oziq-ovqatning teng taqsimlanmasligi;
onalar öğil bolani qizlarga qaraganda köproq emizişi;
qiz bolalar uçun tibbiy xizmatdan kamroq foydalaniş kabilar ham ularning yaşaş davomiyligini kamaytirişi mumkin.
Bundan taşqari, tuğuruq vaqtida ayollar nobud bölişi xavfi ham bor. Lekin Özbekistonda bu körsatkiç yuqori emas. Statistika qömitasi ma’lumotiga köra, 2010 yilda 133, 2021 yilda 130 ayol tuğuruq vaqti vafot etgan.
Özbekistonda ham öğil bolalar qizlarga qaraganda köproq tuğilyapti
Garçi bizda homilani jinsiga qarab abort qilişga oid aniq statistik raqamlar bölmasa-da, bu faraz kuçsiz emasligi aniq. Buni oxirgi yillarda tuğilayotgan çaqaloqlarda öğil bolalar soni qizlarnikiga qaraganda yuqori ekani bilan ham dalillaş mumkin.
Masalan, 2021 yilda 905 211 nafar çaqaloq tuğilgan bölsa, ularning 464 484 nafari öğil bolalar, 436 727 nafari qiz bolalardir.
Umuman, 2021 yildan oldingi yillarda ham öğil bolalar qizlarga qaraganda köproq tuğilgan.
Şaxsi anonim qolişini xohlagan vraç Kun.uz’ga bergan intervyusida öz tajribasidan kelib çiqib, abortlarning katta qismi homila jinsi qiz bölgani uçun qilinişini ta’kidlagandi.
Özbek jamiyati nega öğil farzandni köproq afzal köradi?
Oilalarda köproq öğil farzand xohlaş, qiz tuğilsa ham, «ortidan öğil ukalar kelsin», degan tilaklar bildiriş – özbek oilalariga xos odat. Bu xohişning sabablari nimalar bilan boğliqligi haqida sotsiolog Zavqiddin Gadoyev şunday deydi:
«Albatta, buning bir neça sabablari bor. Tarixiy taraqqiyot davrida oilaviy munosabatlarda, jamiyat munosabatlarida erkak kişining örni ayolga nisbatan yuqori bölgan. Erkak bu ovçi, dehqon, askar va hokazo. Şuning uçun oilaning oğir işlarini yengillatiş maqsadida uy xöjaligining asosiy yordamçisi sifatida öğil bola örtaga çiqqan. Meros masalasida ham öğil farzandga qiz farzandga nisbatan ustuvorlik berilgan. Avlodning davomiyligi asosiy erkak nasli bilan boğlangan. Çunki erkak öz ajdodlaridan meros qilib olgan qadriyatlarni davom ettirişi, moddiy meroslarni asrab-avaylaşi lozim etib belgilangan. Qiz farzand esa boşqa sotsium bilan birlaşiş, ya’ni turmuşga çiqiş orqali özga qadriyatlarga könikişi va moslaşişi zarur hisoblangan.
Uzoq tarixdan dunyoda doimiy röy berib turgan uruşlar davomida jangçilarga bölgan ehtiyoj yuqori bölib, öğil bolalarning tuğilişi jamiyat uçun ahamiyatli jihat sanalgan. Yuqoridagi tarixiy sabablardan kelib çiqib özbek jamiyatida yaqin tarixda yangi, öziga xos qadriyatlar şakllandiki, öğil farzandning jamiyatdagi örnining ortişiga sabab böldi.
Sovet davridagi totalitar rejim, mustaqillik davridagi avtoritarizm jamiyat a’zolariga özlarini tom ma’noda namoyon etiş uçun imkon bermaganligi sababli, şaxslarning jamiyatda özini isbotlaşi uçun töylar vositaga aylandi. Öğil farzand körib el yurtga oş berişni niyat qilgan otalar, kelin qölidan çoy içişni istagan qaynonalar sinfi paydo böldi.
Şundan kelib çiqib, öğil farzand körgan kelinlarga nisbatan munosabat özgaça, qiz farzand körgan kelinlarga nisbatan özgaça munosabat şakllandi. Otalarda öğil farzand bilan faxrlaniş, qiz farzandlar bilan izza bölişdek tuyğular jamiyatda keng yoyildi. Buning sabablari jamiyatning ilmiylikdan uzoqlaşişi, qadriyatlarga burkanişi, sanoat rivojlanişining sekinligi deb bilaman».
Dunyoda erkak-ayollar soni tenglaşişi kutilyapti. Özbekistonda-çi?
Garçi hozir dunyo aholisi sonida erkaklar uluşi yuqoriroq bölsa-da, BMT 2050 yilga borib bu nisbat tenglaşişini taxmin qilyapti. Bu tenglaşiş dunyo aholisining qarib borişi bilan sodir böladi.
Dunyoda yildan yilga kamroq bola tuğilyapti. Agar tuğilişlar soni kamayib borsa, öğil bola çaqaloqlar köproq tuğilgani bilan ayollarning örtaça umr davomiyligi yuqoriligi hisobiga ular köproq umr köriş bilan erkaklar soniga yetib olişadi. Keksa aholi uluşida ayollar nisbati yuqoriroq: 2021 yilda dunyoda 65 yoşdan oşgan odamlar sonida ayollar uluşi 56 foizni taşkil qilgan.
Dunyo esa «qarib» bormoqda. 1950 yildan 2021 yilgaça dunyoda örtaça yoş 22 dan 30 ga çiqqan. 2050 yilda esa örtaça yoş körsatkiçi 35 ga yetişi kutilyapti. Şunday qilib, dunyo aholisining katta qismini yoşi kattalar taşkil qilib borişi hisobiga ayollar soni erkaklarniki bilan tenglaşib boradi.
Lekin Özbekistonga bu prognozlar töla mos kelmasligi mumkin. Sababi Özbekistonda tuğiliş körsatkiçi yildan yilga oşib bormoqda, hali kamayiş kuzatilmagan. Masalan, 2000 yilda 527 580 nafar, 2021 yilda 905 211 nafar çaqaloq tuğilgan.
Şuning uçun keyingi ön yilliklarda erkaklar soni ayollarnikidan yuqoriroq bölib qolaveradimi, bu farq kattalaşib ketmaydimi, agar kattalaşib ketadigan bölsa, uning iqtisodiy, ijtimoiy ta’siri qanaqa bölişi haqidagi tahlillar qilinsa, foydali bölardi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi