«Qizlarimni keksayib qolgan otam uzatdi» – yolğiz ayolning keçinmalari haqida hayotiy hikoya
|20:25 / 15.01.202331 51811 min
«Kenja qizimni uzatganimizda otam 70 yoşdan oşgandi va u töy ötgunça kira qildi. Öşangaça otamning tengdoşlaridan ayrimlari dunyodan ötib ketgan, boşqalari qarib, özini özi eplay olmay qolgandi. Otamning keksayib qolganda ham kira qilib yurganini körganimda Alloh insonning harakatiga qarab kuç-quvvat berar ekan-da, deb Öziga hamd aytardim»
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Elektron poçtamga kelgan navbatdagi maktub ham hayotda qiynalgan ayoldan ekan. Maktubda jamiyatimizning azaliy muammosi, qaynonaning kelinga ötkazgan zuğumlari tilga olingan.
Ayolning yozişiça uçta qiz farzandi borligiga qaramasdan bir paytlar qaynonasi uning oilasini buzib yuborgan ekan. «Qizlarimga otam qaradi. Keksayganiga qaramasdan kira qilib ularni boqdi, tarbiyalab uzatdi», deb yozadi ayol.
«Maktabni bitirganimdan söng otamning boşqa mahallada yaşovçi oşnasi meni kelin qiliş uçun sovçi bölib keldi. Ota-onam sinaşta oila deb rozi bölişdi.
Köp ötmay töyimiz böldi. Kelin bölib tuşgaç bildimki, bu oilaning xöjayini qaynonam ekan. Qaynotam qaynonamning çizgan çiziğidan çiqa olmasdi.
Erim oilaning tönğiç farzandi edi. Yana uç nafar qaynim bölib, ular hali maktabda öqişardi. Qaynonamning xarakteri oğirroq, sal narsaga ham janjal çiqarardi.
Qaynonamning zuğumlari kamday qaynilarim ham bajargan işlarimdan, pişirgan ovqatlarimdan ayb topib gapirişardi. Şu taxlit 7-8 yil yaşadik va birin ketin qizlarimiz tuğildi.
Har gal öğil emas, qiz tuğilavergani qanonamga yoqmas, u şuni ham tez-tez yuzimga solardi. Hatto uçinçi farzandimga homilador bölganimda u bolani oldirib taşlaşimni aytdi. Ammo men könmadim.
Qaynonam har gal öğil nabirasi yöqligini betimga solganda unga «Xudoning bergani şu, şukr qilaylik, befarzand ötayotganlar qança» derdim va battar baloga qolardim.
Bu orada qaynilarimdan birini uylantirdik. Şundan söng rözğor işlarini ovsinim bilan birgalaşib qila boşladik va menga sal yengilroq böldi.
Ammo endi boşqa muammo paydo böldi. Uç qizim, erim va men beş kişimiz, qaynim uylangan. Şunday holatda hovli katta oilaga torlik qila boşladi.
Şundan söng erimga qişloq çetidagi yerimizda uy tiklab, alohida bölib çiqiş haqida gapirdim. Erim menga indamadi. Ammo oldimdan çiqib bu haqda qaynonamga aytibdi. Erim qaynonamga mening gaplarimni qay tarzda aytgan bilmadim-u, barça kelişmovçilik şundan keyin boşlandi.
Ertalab nonuşta qilayotganimizda qaynonam keskinroq ohangda gap boşladi:
«Ha kelin, alohida bölgingiz kelib qoldimi? Çuçvarani xom sanabsiz. Siz hali-beri çiqmaysiz. Eringiz barça ukalarini uylantiradi, ularni uyli-joyli qiladi, ana undan keyin tört tomoningiz qibla. Ungaça esa bu mavzuda qayta oğiz oçmang. Öğlim bilan siz alohida bölib çiqib ketsangiz qaynilaringizni kim uylantiradi? Kim uyli-joyli qiladi? Bu işlar katta öğlimning vazifasi, tuşundingizmi?»
Mavzuga oid
Qaynonamning gaplarini eşitib, «Biz alohida çiqsak uzoqlaşib ketmaymiz-ku! Öğlingiz qaynilarimga yordam beraveradilar» deganimni bilaman, qaynonamning asabi battar buzildi. Menga şu paytgaça doim siz deb muomala qilgan ayol sensirab haqorat qilib taşladi. Indamay turib ketişga majbur böldim.
Şundan söng qaynonam men bilan gaplaşmay qöydi va bu ança kun davom etdi. Keyin esa menga eşittirib erimga «xotiningni qöyvorasan, seni boşqa qizga uylantiraman» deyişga ötdi.
Erim uning gaplarini eşitib indamas, töğriroği u onasiga qarşi çiqa olmasdi. Qolaversa, uç qiz tuğilganiga erim ham zimdan meni ayblardi.
Erim bir marta qaynonamga «Uç qizim bor, qanaqa qilib ajraşaman?» degandi, baloga qoldi. «Sen xotin quli bölding, uni deb mendan ham keçasan. Senga bergan sutimga rozi emasman», deb u rosa közyoş tökib oldi.
Oxiri borib hammasini onamga aytib berdim. U otamga ta’na qildi: «Rözğorini bilaman, yaxşi oila degan edingiz. Mana endi qizim köryapti, qanaqa yaxşi oila ekanini».
Şundan söng otam kelib qaynotam va qaynonam bilan gaplaşdi. Ularga katta öğlini alohida qilib çiqarişsa yaxşi bölişini, muammo kamayib, qaynilarimni ham uylantirişga bemalol şaroit bölişi haqida gapirdi. Gapining oxirida «Alohida qilib çiqarsanglar men ham qarab turmayman, baholi qudrat yordam beraman», dedi.
Qaynotam otamning gaplarini eşitib «töğri, töğri» deb turar, qaynonam esa indamasdi. Ammo bu börondan oldingi sukunat ekan. Otam ketgaç qaynonamdan eşitmagan gapim qolmadi:
«Senga anu kuni qança gapirgan edim. Borib otangga şikoyat qildingmi? Oxirgi kunlarda öğlimni boşqaga uylantiraman deganimga afsuslanib fikrimdan qaytayozgan edim. Şu tobda bir qarorga keldim, öğlimni sendan ajratib onasi öpmagan qizga uylantiraman. Endi esa tur, yöqol. Qizlaringni ol-da, otangnikiga jöna».
Otamnikiga ketişni xohlamasdim, ammo majbur qilişdi. Qizlarimni olib, otamnikiga ketdim.
Hodisadan xabar topgan erimning qarindoşlari – toğalari, amakilari örtaga tuşib, qaynonamga oila buziş va bolalarni tirik yetim qiliş yomonligini tuşuntirişga urinişdi.
Ota-onam ham bir neça marta borib, qaynonam bilan gaplaşib körişdi. Ammo uni heç qanaqasiga köndirib bölmadi. Şundan söng ajraşib ketdim.
Men ajraşgan paytda otamning yoşi 50 dan oşgandi. Öşa paytda ukam hali maktabda öqirdi. Şundan söng otamning ikki bolasi beş nafar böldi.
Ota hovlimda yaşar ekanman, bir neça joydan xotini ölgan, oilasi bilan ajraşgan erkaklardan sovçi keldi. Ularning barçasi qizlarimni ota-onamga taşlab ketişimni talab qilardi. Men bunday talablarga könmadim va hayotimni qizlarimga bağişladim. Ammo ularni har qanaqasiga boqa olmasdim.
Otam beçora qarigan çoğida avval eski «Moskviç» maşinasi bilan kira qilib bizlarni boqa boşladi. Keyinroq pulini işlab uzişga eskiroq «Damas» oldi.
U ertalab bomdodga masjidga çiqar, söng uyga qaytmay kira qilişni boşlardi. Uyga keç bölganda kelardi. «Damas» bilan kira qilişni boşlaganda yoşi qariyb 60 ga yetgandi.
Bu orada ukam ham maktabni bitirdi va otamdan «Damas»ni söradi. Maqsadi otamning qölidan yumuşni olib, unga yordam beriş edi. Ammo otam könmadi:
«Hozir senga maşinani berib dam olsam, hisobimizni yöqotib qöyamiz. 4-5 yilda opangning qizlari ulğayib qoladi, sen uylanişing kerak, hali köp pul kerak böladi. Şunga sen ijaraga boşqa maşina top va işlagan pulingni yiğib qöyaver. Ertaga uylanişingda asqatadi. Menga esa indama, kuç-quvvatim yetgunça kira qilaveraman».
Şundan söng ukam öziga alohida maşina topdi va otam aytganday işlagan pullarini yiğib qöyaverdi. Rözğor yuki otamning zimmasida qolaverdi.
Otam keçki payt işdan qaytayotib qizlarimga nimadir şirinlik kötarib kelar va ularni xursand qilar edi. Qizlarim otamni bobo emas, menga öxşab ota deb çaqirişardi.
Oradan yillar ötdi. Bu orada ukamni uylantirdik. Şundan söng otam hovlini ikkiga bölib, uning rözğorini alohida qilib qöydi.
Bir kuni «Ota, nega unaqa qildingiz? Rözğorimiz bitta bölsa ham bizga malollik joyi yöq edi», desam u ibratli javob berdi:
«Qizim, bilaman, rözğordagi barça yumuş sen va qizlaringdan ortmaydi. Şunday bölsa-da, kelin gapirmasa ham uning onasi yoki opalari «katta rözğor qizimizning zimmasida qolib ketdi» deb öylaşi va gapirişi mumkin. Rözğordagi kelişmovçiliklar ana şunaqa mayda-çuyda gaplardan boşlanadi. Ularning rözğorini alohida qilib qöydim, endi öşa gap-sözlarga örin qolmadi. Ukang bilan bitta joyda yaşayapmiz, öğillik burçini unutib yubormasa, yordam qilaveradi».
Otamning gaplari örinli edi. Rözğor alohida bölgani bilan ukam va uning xotini bizdan zinhor uzoqlaşib ketmadi. Aksinça, baraka topişsin, ikkalasi ham qizlarimni uzatayotganimda köp xizmat qildi.
Otamnikiga qaytib kelgaç, özim ham bekor ötirmay deb çopon tikdim, boşqa işlarni qildim. Ammo ayol kişining topgan puli nima bölar edi.
Qizlarim ulğaygaç ular ham çopon tikişni örganib menga yordamçi bölişdi. Ammo baribir rözğorning yuki otamning gardanida qolaverdi.
Öşa paytlarda qizlarim maktabni bitirsa öqitaman, deb orzu qilardim, ammo bunga şaroit bölmadi.
Ötgan yillar davomida erim biron marta ham qizlaridan xabar olmadi, yöqlab kelmadi. U haqdagi gaplar menga ham yetib kelar, hayoti keyin ham yaxşi bölmagan.
Qaynonam uni yana ikki marta uylantiribdi. Ikkinçi xotinini ham qaynonam bir qizçasi bilan quvib yuborgan ekan. Hozir uçinçisi bilan yaşayapti.
Qaynonamning zuğumlariga çiday olmagan qaynotam ota uyimga qaytganimdan söng köp ötmay yurak kasali bilan vafot etdi. Bilişimça, hozir qaynonam birorta öğlini ham alohida qilib çiqara olmay, bitta hovlida siqilişib yaşaşyapti.
Otam 65 yoşga kirganida katta qizimni, keyin navbati bilan boşqalarini ham uzatdik. Qizlarim yaxşi oilalarga kelin bölib tuşgan. Ularning kelajagidan xavotirim yöq. Endi ukamning bolalari ovunçoğimga aylangan.
Kenja qizimni uzatganimizda otam 70 yoşdan oşgan edi va u töy ötgunça kira qildi. Öşangaça otamning tengdoşlaridan ayrimlari dunyodan ötib ketgan, boşqalari qarib, özini özi eplay olmay qolgandi.
Otamning keksayib qolganda ham kira qilib yurganini körganimda Alloh insonning harakatiga qarab kuç-quvvat berar ekan-da, deb Öziga hamd aytardim.
Töydan söng otam kira qilişni töxtatdi. Maşinani boşqa bir haydovçiga ijaraga berib yubordi. Hozir oyma-oy ijara pulini oladi. Buyoqda pensiyasi bor. Endi oyoğini bemalol uzatib dam olyapti».