Suhbat avvalida Tojikiston yetakçisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam soğlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar Özbekiston xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.
Özbekiston bilan Tojikiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, eng avvalo, oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Özaro savdo hajmi ortib borayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, şu jumladan qöşma investitsiya kompaniyasi orqali kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani ta’kidlandi. Çegaraoldi savdo markazlarini oçiş ustida iş olib borilmoqda. Samarqand va Duşanbe şaharlari örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar tiklandi. Muhim madaniy dasturlar amalga oşirilmoqda.
Yetakçilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni, şu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uçraşuviga tayyorgarlik körişni ham muhokama qildi.

















