Vazirlar Mahkamasining «Uçquduq, Zarafşon, Nurobod şaharlari va Konimex tumanining Zafarobod şaharçasida budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlariga muayyan davr işlaganlik uçun har oyda ustama tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan Uçquduq, Zarafşon, Nurobod şaharlari va Zafarobod şaharçasida budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlariga muayyan davr işlaganlik uçun har oyda ustama tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi. Loyiha ilovasi 4 ta bob, 13 banddan iborat.

Loyiha ilovasida:

  • muayyan davr işlaganlik uçun tölanadigan oylik ustama miqdori;
  • oylik ustamalarni amalga oşiriş huquqini beruvçi iş staji;
  • oylik ustamalarni hisoblaş va tölaş tartibi belgilanadi.

Muayyan davr işlaganlik uçun tölanadigan oylik ustama miqdori oylik tarif stavkasining yoki lavozim maoşining uluşida belgilanadi. 

Xodimlarning budjet taşkilotlarida işlagan iş staji böyiça quyidagi miqdorda oylik ustamalar tölanişi belgilanmoqda: 3 yilgaça - 0,2; 3 yildan 5 yilgaça - 0,5; 5 yildan ortiq - 0,75.