Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatçilari faoliyatining samaradorligini eng muhim körsatkiçlar asosida baholaş uslubiyatini tasdiqlaş töğrisida”gi buyruği qabul qilindi.

Tasdiqlanayotgan uslubiyot davlat xizmatçilarini ustamalar qöllaş va lavozimi böyiça kötariş maqsadida ularning faoliyatining samaradorligini aniqlaş tartibini belgilaydi.

Davlat organida har bir lavozim uçun aniq, ölçanadigan, erişiş mumkin bölgan, bajariş muddatiga ega bölgan samaradorlikning eng muhim körsatkiçlari tasdiqlanadi.

Davlat xizmatçisining samaradorlik körsatkiçi ballar beriş orqali baholanadi:

  • 60 ballgaça –qoniqarsiz;
  • 60-80-ball – qoniqarli;
  • 80-100-ball – yaxşi;
  • 100 ball va undan yuqori – a’lo

Quyidagi holatlarda baholaş ötkazilmaydi:

  • davlat xizmatçisi işga qabul qilinganiga 3 oy tölmaganda;
  • davlat xizmatçisi ta’tilda bölgan davrda;
  • davlat xizmatçisi malaka oşirişda, xizmat safarida bölganida;
  • davlat xizmatçisi idoralararo işçi guruhlarga jalb qilinganida.

Davlat xizmatçisi faoliyatini baholaş natijasiga köra «yaxşi» va «a’lo» deb baholangan taqdirda davlat organi rahbari tomonidan quyidagi qöşimça rağbatlantiriş çoralari qöllanilişi mumkin:

  • birinçi navbatda lavozimda östiriladigan nomzodlar qatoriga kiritiş;
  • lavozimda östiriladigan potensial nomzodlar qatoriga kiritiş;
  • malaka darajasini navbatdan taşqari beriş;
  • nomoddiy tusdagi rağbatlantiriş;
  • berilgan intizomiy jazo çorasini olib taşlaş;
  • boşqa rağbatlantiriş çoralari.