Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati Pop tumanidagi yölda sodir bölgan yonğin yuzasidan ma’lumot berdi.

«15 yanvar kuni soat 16:09 da Namangan viloyati Pop tumani «Qöşminor» MFY hududida ketma-ket harakatlanib ketayotgan 3 ta MAN rusumli yuk avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Natijada yuk avtomobillarida yonğin kelib çiqqan.

Birinçi yuk avtomobili yonilği taşişga möljallangan bölib, mazut, ikkinçi avtomobilga kömir, uçinçi avtomobilga böyoq mahsulotlari ortilgan bölgan.

Şunga köra 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 16:30 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 16:33 da qurşab olingan va soat 17:20 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobillarida bölgan 3 nafar fuqaro halok bölgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari, tegişli taşkilotlar  xodimlari yetib borgan.

Hozirda IIB tezkor tergov guruhi tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.