Kun.uz bir guruh energetika sohasi mutaxassislari bilan tizimdagi muammolar, ularni yuzaga keltirgan masalalar va hal qiliş imkoniyatlari haqida suhbatlaşdi.

— Ötgan yil boşida kuzatilgan blekautda ham, yil söngidagi mini-blekaut vaqtida ham, şu keça-kunduzdagi anomal sovuqda energota’minotdagi uzilişlardan söng ham rasmiylar faqatgina xalqni sabr qilişga, bu qiyinçiliklar vaqtinça ekanini aytib, çidaşga çaqirib kelmoqda. Davlat iste’molçilarni gaz va elektr bilan ta’minlay olmayotgan bir paytda odamlar energoresurslarga bölgan ehtiyojini özlari qondirişi mumkinmi? Masalan, uylarning tomiga quyoş panellari yoxud avariya vaqtida jon saqlaş imkonini beruvçi invertorlar örnatib. Yoki bu ilojsizmi?

Umid Mamadaminov, “Stantop Energy” MÇJ rahbari:

— Bunday holatlar faqat Özbekistonga xos emas, hatto rivojlangan Amerika Qöşma ştatlarida ham kuzatiladi. Aholiga boğliq tomonlarini gapiradigan bölsak, davlat energetika tejamkorligi böyiça har xil dasturlar işlab çiqişi kerak. Ya’ni bunda aholi özi energiya işlab çiqaruvçi turli texnikalar olişi, davlat esa bir qismini subsidiya qilib berişi nazarda tutiladi.

Umid Mamadaminov Foto: Kun.uz

Energiya tejaş böyiça öqitiş dasturlari ham bor. Köp davlatlarda bularni öqitiş Energetika vazirligi zimmasida böladi. Bizda ham aholining yaşaş şaroitiga mos tarzda şunday öqitiş tizimi yölga qöyilişi kerak. Bu narsa aholiga juda katta yordam böladi. Bunday loyihalar uçun bizda ham harakatlar boşlangan. Ya’ni hali boşlanğiç bosqiçda.

— Baxtiyor aka, bir neça yillardan beri quyoş panellarini örnatiş bilan şuğullanayotgan xorijiy kompaniyalar bilan işlab kelyapsiz. Özbekistondagi bir xonadonda quyoş panellari örnatildi deylik, u qançalik ehtiyojni qondira oladi? Işlab çiqarilgan energiya uyni isitiş uçun yetarli böladimi yoki faqat suv isitişga yetadimi? Agar mahallada svet öçsa, tomiga quyoş paneli örnatilgan xonadonda elektr böladimi?

Baxtiyor Ğoziyev, “ABREST Energy Engineering” MÇJ tijorat direktori:

— Quyoş energiyasini oluvçi stansiyalar ikki xil böladi: sanoat uçun katta stansiyalar va xonadonlar uçun maişiy doiradagi quyoş panellari. Maişiy doiradagi quyoş panellari ehtiyojlarni töliq qondirolmaydi. Bunday bölişi ham qiyin.