
Ma’lum qilinishicha, ushbu kuzatuv uskunalari AQSh davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilingan. AQSh tarafi bu xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatgan 3 million dollarlik yordamning bir qismi bir qismi ekanini ta’kidladi.


Shuningdek, Jonatan Henik kelajakda O‘zbekiston bilan hamkorlikda bu kabi ko‘plab yordam dasturlari amalga oshirilishini qayd etdi.
2022 yil noyabr oyida AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya kuchlariga 50 dona Polaris MRZR yengil-taktik jangovar mashinalarni hadya qilgan edi. «Hamkorlar salohiyatini oshirish» dasturi doirasida taqdim etilgan texnikalarning qiymati 2,8 million dollarga baholangan.











