Rossiyaning Belgorod oblasti Koroçanskiy rayoni Tonenkoye qörğonidagi rossiyaliklar harbiy qismida öq-dorilar detonatsiyasi oqibatida uç kişi halok bölib, 16 kişi jarohat olgan. Bu haqda «Interfaks» favqulodda xizmatlarga tayanib ma’lumot berdi. Naşrga köra, yana sakkiz kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Mash ma’lumotiga köra, bu 14 yanvar kuni ertalab, Moskva vaqti bilan soat 4:50 da sodir bölgan. Portlaş sobiq madaniyat uyi binosida yuz bergan, bu yerda rossiyalik harbiylar joylaştirilgandi. Favqulodda xizmatlarning «Interfaks»ga ma’lum qilişiça, serjant (boşqa ma’lumotlarga köra, katta serjant) yotoqxonada tasodifan qöl granatasini portlatib yuborgan, oqibatda vzvod boyekomplekti (snaryad yoki patronlar komplekti) portlab, yonğin boşlangan.
«112» Telegram-kanali yozişiça, binoda granata portlaşi ortidan «qurol saqlanadigan xonadagi öq-dorilar portlagan». Yonğin 450 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Portlaş uyuştirgan harbiy omon qolgan va şifoxonaga yotqizilgan. Qöşni binolardan 15 kişi evakuatsiya qilingan, mahalliy aholidan heç kim jabrlanmagan.
Baza naşrining ta’kidlaşiça, bölinmadagi portlaşni Sverdlovsk oblastidan kelgan harbiy xizmatçi uyuştirgan (ismi körsatilmagan), yaradorlar va halok bölganlarning barçasi — safarbar qilinganlar edi. «Dastlabki ma’lumotlarga köra, harbiy xizmatçi qöl ostidagilar orasida obro‘ qozoniş uçun qöliga RGD-5 granatasini olgan», — deya yozadi Baza.
«112» ma’lumotiga köra, hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan, ammo qanday modda böyiça ekani aniq emas. ReN telekanali xabar qilişiça, Tonenkoye qörğoni örab olingan, uning hududiga jurnalistlar qöyilmayapti.
Belgorod oblasti Ukraina bilan çegaralangan, uning hududida rossiyalik harbiylarning bir qança baza va poligonlari joylaşgan. 2022 yil fevralida uşbu hududdan Ukrainaning Xarkiv oblastiga bostirib kirilgandi.


















