Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok «Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiyasi jarayonida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş uçun maxsus tribunal» taşkil etişni taklif qildi. Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan birgalikda «Rossiya rahbariyatiga nisbatan tergovni boşlaydigan va uni javobgarlikka tortadigan» maxsus tribunal yaratiş imkoniyati muhokama qilindi, dedi Berbok 16 yanvar, duşanba kuni Haagadagi Xalqaro huquq akademiyasida sözlagan nutqida. 

«Bu Ukraina jinoyat kodeksiga asoslangan sudga aylanişi mumkin», dedi Berbok va «xalqaro elementlar» bilan töldirilişi hamda Ukrainadan taşqarida joylaşişi, «hamkorlarning moliyaviy kömagi» bilan yaratilişi, «xolisligi va qonuniyligini ta’minlaş uçun turli mamlakatlar prokurorlar va sudyalari» tomonidan taşkil etilişi mumkinligini qöşimça qildi.

Keyinçalik Germaniya Taşqi işlar vazirligi Twitter'da qöşimça qilganidek, Haagadagi yangi maxsus tribunal «huquqiy normalardagi böşliq tufayli harakat qila olmaydigan hollarda Xalqaro jinoiy sudga qöşimça bölişi kerak». Germaniya «Ukrainaga bunday maxsus tribunalni yaratişda xalqaro yordam körsatişga intilmoqda», deb Berbok sözlarini keltirgan Germaniya TIV.

Germaniya vazirining sözlariga köra, gap «jabrlanganlar uçun, Buça, Xarkiv va Mariupoldagi zörlaş, öğirlaş va qotillik qurbonlari uçun adolat örnatiş haqida ketmoqda, busiz tinçlik örnatiş mumkin emas».

Bundan taşqari, germaniyalik siyosatçi Haagadagi Xalqaro jinoiy sudni taşkil etgan Rim statutini isloh qiliş tarafdori ekanini aytdi.

Berbokning sözlariga köra, XJSning huquqiy bazasi kelajakda «tajovuz» jinoyati böyiça jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin böladigan tarzda özgartirilişi kerak. Buning uçun, agar hujum qilingan davlat XJS yurisdiksiyasiga kirsa, bu yetarli bölişi lozim. Agressiya «xuddi genotsid, insoniyatga qarşi jinoyatlar va uruş jinoyatlari kabi» ta’qib qilinişi kerak, dedi u. Rim statuti 1998 yilda qabul qilingan va 2010 yilda unga özgartirişlar kiritilgan.