Anomal sovuq sabab ta’lim muassasalarida ta’til dastlab, 18 yanvargaça çözildi, keyin birdaniga darslar ertaroq boşlanişi ma’lum qilindi. Söng hududlarda ta’til yana 23 yanvargaça uzaytirildi. Tartibsizlik bilan avval unday, söng bunday çiqayotgan qarorlardan asosan, talaba va öquvçilar jabr köryapti: öquvçilar har maktabga bormagan kuni uçun egallaşi mumkin bölgan ma’lum darajadagi bilimni yöqotyapti, talabalar esa viloyatlardan poytaxtga yoki boşqa viloyatdagi öqiş joylariga borib yana qaytişga majbur bölib qolişmoqda. Töğri, ta’til tugagaç darslar tiğizlaştirilgan holatda ötilişi bilan yöqotişlar örnini biroz töldiriş mumkindir, lekin öquvçilar har bir örganmagan dars soati uçun kelajakda ma’lum miqdorda investitsiyadan ayrilişadi.

Uzayayotgan ta’tilning sababi

Iqlim özgarişi haqida bong urila boşlangan bir neça yil oldin aksar odam bu mavzu bizdan uzoq deb e’tiborsiz qoldirgan bölişi mumkin. Lekin hozir bunday qilib bölmaydi. Sababi iqlim özgarişi Özbekistonda ham hamma sohalarga, hatto ta’limga ham ta’sir qilmoqda.

Iqlimşunoslar ta’kidlaşiça, global isiş yoğingarçilik köpayişiga olib kelmaydi. Biroq ular ekstremal ob-havo hodisalari köpayişiga, şu jumladan, anomal quruq yoki anomal nam davrlar takroriyligi köpayişiga olib keladi.

Ya’ni endi luğatimizda “anomal” sözi ham doimiy örin olsa kerak. Sababi Markaziy Osiyo ham iqlim özgarişlariga ta’sirçan hudud hisoblanadi. Sönggi paytlarda global harorat köpyillik iqlimiy me’yorlardan 1 gradus isigan bölsa, Markaziy Osiyo 2 gradusga isidi. Özbekistonda harorat global miqyosdagidan köra tezroq kötarilgan va bu davom etadi. Salbiy ta’sirni esa turli tabiat hodisalari orqali his qilamiz.

Global isiş sabab bizni anomal issiq, anomal sovuq ob-havo, qurğoqçilik, sellar köpayişi, çang, suv tanqisligi va şuning ortidan paydo böladigan elektr tanqisligi kabi muammolar kutyapti.

Bularning istalgan biri ta’lim jarayonlariga ta’sir qilişi mumkin. Xuddi hozirgi anomal sovuq kabi. Qattiq issiq yoki qattiq sovuq sabab maktab, kollej, OTMlar isimasligi yoki haddan ortiq issiq bölib dars ötiş imkoni ma’lum muddat çeklanişi mumkin. Ta’limda hammasini kelgan joyidan faqat keyinroq davom ettirib ketiş esa variant emas.