Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakatning boşqa rahbarlari Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşini boşlagani uçun xalqaro tribunal oldida javob berişi kerak. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Haaga şahridagi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) taşrifi çoğida aytib ötdi, deb yozdi Politico. 

Germaniya diplomatiyasi rahbarining ta’kidlaşiça, Rossiya rahbariyatini XJS doirasida javobgarlikka tortişning iloji yöq, çunki Rossiya uşbu sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi. BMT Xavfsizlik Kengaşi esa XJSga bunday vakolatlarni bera olmaydi, çunki Rossiyaning özi bunday rezolyutsiyani veto huquqi bilan bloklaydi. 

Bu tösiqdan ötiş uçun Berbok hamkor davlatlar bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga qilgan tajovuzi jinoyatlarini körib çiqadigan va Rossiya rahbariyatini sudlay oladigan «maxsus tribunal» tuzişni taklif qilmoqda. 

Şu bilan birga, Germaniya taşqi işlar vazirligi uşbu maxsus tribunalni Ukraina jinoyat qonunçiligi «yurisdiksiyasidan çiqariş»ni ham taklif qilyapti. Tribunal işiga jalb qilingan prokurorlar va sudyalar, Berbokning fikriça, turli mamlakatlar vakili bölişi, tribunalning özi esa Ukrainadan taşqarida joylaşgan bölişi kerak. Bu «tarafkaşlik taassurotlari»ni yöq qiladi. 

Avvalroq, AQŞning Ukrainadagi sobiq maxsus vakili Kurt Volker hozir dunyoda Rossiya Federatsiyasi rahbariyatini jinoiy javobgarlikka tortiş imkonini beradigan mexanizm yöqligini, şuning uçun xalqaro hamjamiyat maxsus, ya’ni Nyurnberg tribunaliga öxşaş «bir martalik» tribunal taşkil qilişi kerakligini aytgan edi.

Xalqaro jinoyat sudi (Haaga tribunali) joylaşgan Niderlandiya Rossiya uçun «maxsus tribunal»ni öz hududida taşkil etişni taklif qilmoqda. 

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Rossiya Federatsiyasi uçun xalqaro tribunal böyiça öz pozitsiyasini hozirça aniqlay olmayapti. Ba’zi ma’lumotlarga köra, AQŞ bunday tribunalning taşkil etilişiga qarşi.