Bloger Nikita Makarenko endilikda sobiq hokim Jahongir Ortiqxöjayev yöl qöygan xatolarni sanab, poytaxt boşqa jonkuyar hokimga munosib ekanini ta’kidlagan.

«Şubhasiz, Jahongir Ortiqxöjayevning boşqaruvi yakunlari hali raqam va hujjatlar bilan professional örganilişi kerak. Lekin hozirdanoq ayrim baholarni beriş istagi tuğiladi va u quyidagi körinişga ega:

Toşkent şahrining zamonaviy tarixidagi eng yomon hokim.

Toşkent rivojlanişda juda ortga ketib qoldi. Har qanday umid yöqolib, çorasizlik tubiga şönğidi. Keling, eng çidab bölmas misollarni esga olaylik:

1. «Snos»lar. Şahar ulkan quriliş maydoniga aylantirilgan, yerlar va istirohat boğlari sotilgan, köplab odamlar uy-joylarsiz qolişdi.

2. Infratuzilmadan tortib madaniy tadbirlargaça barça sohalarda misli körilmagan korrupsiya va öz kompaniyalari manfaati uçun işlaş.

3. Şaharsozlik xatolari. Notöğri loyihalangan köçalar, keraksiz yöl yeçimlari, jamoat transportining öldirilişi.

4. Matbuotga oçiqdan oçiq xusumat va nafrat, doimiy yolğonlar va tahdidlar. Mamlakat tarixidagi eng yomon matbuot va PR xizmati.

5. Şahar elektr, gaz, issiqlik infratuzilmasining batamom barbod bölişi. Hamma narsa öğirlangan va buzilgan.

6. Tashkent City va Magic City — isrofgarçilik va didsizlikka qöyilgan haykallar.

Umid qilamanki, u bilan birga şahardan har qanday «Mimar»lar, «Dyurabl»lar va «Grand Road»lar ham çetlaştiriladi va tarixda qoladi. Nihoyat poytaxtimizni töğri qura boşlaşadi. Toşkent jonkuyar egaga munosib.

Va yana bir narsa — hokimiyatga birorta oligarx ortiq xöjayinlik qilmasin, iltimos»,