"Sportçi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Yoşlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, Milliy paralimpiya qömitasi hamda sport turlari böyiça federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning:

sportçi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan tegişli manfaatdor oliy ta’lim muassasalarida alohida sport huquqi yönalişi böyiça huquqşunoslarni tayyorlaydigan fakultet, kafedra hamda ilmiy tadqiqot markazlarini taşkil qiliş;

sportda fuqarolik-huquqiy şartnomalarni tuzişda sportçi va trenerlarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini ifoda etilişida, şuningdek davlat va xöjalik boşqaruvi organlari bilan munosabatlarda sportçi va trenerlarga kömaklaşiş, sportçilar huquqlarini himoya qiliş uçun kadrlar ta’limi va ularni tayyorlaş tizimi rivojlantirilişini, sport sohasidagi huquqşunoslarning malakasini oşiriş işlarini taşkil etilişida iştirok etişni Yoşlar siyosati va sport vazirligi vazifalaridan biri sifatida belgilaş;

sportda doping qöllanişining oldini oliş va dopingga qarşi kuraşiş, mamlakat terma jamoalarini antidoping jihatdan ta’minlaş;

arbitraj sudlarida sport nizolarini körib çiqiş, sport arbitrajini rivojlantiriş haqidagi takliflari ma’qullanadi.

2023–2024 öquv yilidan boşlab sportçi va trenerlar huquqlarini himoya qilişda sport huquqşunoslari tayyorlaş muhim ekanligini inobatga olib, Toşkent davlat yuridik universitetida Yurisprudensiya (sport huquqi) yönalişi böyiça mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyilsin.

Adliya vazirligi va Yoşlar siyosati va sport vazirliklarining Toşkent davlat yuridik universitetida Sport huquqi va xalqaro sport arbitraji fakultetini taşkil qiliş hamda fakultetning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni yuklaş töğrisidagi takliflariga rozilik beriladi:

  • sport huquqi, şu jumladan xalqaro sport arbitraji huquqini çuqur örganiş, milliy va yapon, nemis sport huquqi hamda boşqa rivojlangan xorijiy davlatlar sport huquqini tizimli örganiş asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlaş;
  • Yaponiya, Germaniya va boşqa rivojlangan xorijiy davlatlar sport huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro sport huquqi normalarini implementatsiya qiliş va milliy qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;