Toşkent şahar hokimligi 2022 yilning dastlabki 9 oyi yakunlari böyiça budjet sarhisobini e’lon qildi. Bu haqdagi Toşkent şahar hokimining qarori E-qaror’ga joylaştirilgan. 

Ma’lum qilinişiça, hisobot davrida Toşkent şahar budjeti daromadlari 21 trln 345 mlrd sömni taşkil etib, belgilangan 19 trln 30 mlrd söm prognoz 12 foizga yoki 2 trln 315 mlrd sömga oşirib bajarilgan.

Daromadlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 trln sömga köp bajarilib, mahalliy budjetlar ixtiyorida jami 2 trln 225 mlrd söm mablağlar qoldirilgan.

Poytaxt budjeti böyiça muhim raqamlar:

  • 2022 yilning 9 oyi davomida Toşkent şahar mahalliy budjeti daromadlari 5 trln 22 mlrd sömni taşkil etib, belgilangan 4 trln 316 mlrd söm prognoz 16 foizga yoki 706 mlrd sömga oşirib bajarilgan;
  • mahalliy budjetlar ixtiyorida jami 2,2 trln söm (ötkazib beriladigan daromad bilan birga) mablağlar qoldirilgan. Jumladan, Mirobod tumanida 28,6 mlrd söm, Olmazor tumanida 24 mlrd söm, Yunusobod tumanida 22,9 mlrd söm, Mirzo Uluğbek tumanida 19,2 mlrd söm, Çilonzor tumanida 18,8 mlrd söm, Yaşnobod tumanida 23,6 mlrd söm va Sergeli tumanida 10,9 mlrd söm;
  • hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalaştiriş uçun poytaxt mahalliy budjetidan 2 trln 515,7 mlrd söm yoki umumiy xarajatlarning 31,5 foizi sarflangan. Uşbu mablağlarning asosiy qismini ta’lim tizimi muassasalarini saqlaş va ularni rivojlantiriş xarajatlari (376,5 mlrd söm) va soğliqni saqlaş tizimiga yönaltirilgan xarajatlar (1 trln 269,8 mlrd söm) taşkil etgan;
  • «Taşabbusli budjet» jarayonining 2022 yil 1- va 2-bosqiç yakunlariga köra, jami 314 ta loyiha «ğolib» deb topilib, ularga 171,2 mlrd söm ajratilgan;
  • soliq tuşumlari böyiça eng köp soliq mol-mulk soliği hissasiga töğri keldi - 810 mlrd söm. Bu yönalişda keyingi örinni aylanmadan olinadigan soliq tölovi böyiça tuşumlar egallagan – 620 mlrd söm;

Sarhisobda yana bir qiziq raqam şuki, rejaga nisbatan eng yuqori ösiş jismoniy şaxslar daromad soliğidan tuşumlar hissasiga töğri keladi – prognozga nisbatan 56 foiz köproq yoki 440 mlrd sömni taşkil qildi.

Şu bilan birga, rejaga nisbatan kamroq tuşumlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanadigan daromad soliği (prognozdan 2 foizga kam) va mahalliy soliqlar va yiğimlar (26 foiz) hissasiga töğri kelgan. 

Tumanlar miqyosida eng köp foyda Olmazor tumani hissasiga töğri keldi - 125 mlrd söm, keyingi örinlarda Yunusobod (120 mlrd söm) va Çilonzor (114 mlrd söm).