Germaniyada 17 yanvar, seşanba kuni ekologik faol Greta Tunberg vaqtinça qölga olindi. U taşlab ketilgan Lyutserat qişloği yaqinidagi kömir konining kengaytirilişiga qarşi norozilik namoyişida iştirok etgan.
Tunberg va boşqa namoyişçilar şaxsini aniqlaş uçun politsiya bölimiga olib ketildi. Hammasi bölib, bir neça önlab odamlar qölga olingan, deb ma’lum qildi Axen politsiyasi vakili Dana Tsimmerman. Rasmiy ravişda ular hibsga olinmagan, dedi u.
Lyutseratdagi vaziyat yanvar oyi boşida keskinlaşdi: köçirilgan qişloq Germaniyadagi eng yirik qönğir kömir konlaridan biri Garsvaylerni kengaytiriş uçun buzib taşlanişi rejalaştirilgan. Lyutserat aholisi RWE konsernidan tovon puli olib, bu aholi punktini tark etişgan. Şundan söng u yerga ekologiya faollari özboşimçalik bilan joylaşib oldi.
11 yanvar kuni politsiya faollarni Lyutseratdan haydab çiqariş va binolarni buziş operatsiyasini boşladi. Biroq faollar qarşilik körsatişdi – butun Germaniyadan minglab odamlar qişloqda norozilik namoyişiga töplandi. Tabiat himoyaçilari kömir konining kengayişi nafaqat atrof-muhitga zarar yetkazişi, balki iqlim böyiça Parij kelişuviga ham zid ekanligini ta’kidlamoqda. 15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari operatsiya tugaganini e’lon qildi, biroq keyinroq namoyişlar davom etdi.

















