Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniyning tarafdorlari uni ozod qiliş uçun butun dunyo sa’y-harakatlarini birlaştiriş maqsadida #FreeNavalny kampaniyasini boşladi. Bu haqda Navalniyning qizi Dariya 17 yanvar, seşanba kuni Twitter'da ma’lum qildi.

Siyosatçining şeriklaridan biri Leonid Volkovning "Sirena" Telegram-kanalida ta’kidlaşiça, turli mamlakatlarning rasmiy organlari Navalniy haqida bayonotlar beryapti, şifokorlar va advokatlar uni qöllab-quvvatlaş uçun oçiq xatlar imzolayapti, ammo «siyosiy kampaniyalar samaraliroq böladi». Aksiyaga Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner ham qöşildi. «Rossiya rahbariyati tanqid va e’tirozlardan qörqadi. Şu qadarki, norozilik qamoqqa olib kelişi mumkin. Bugun Navalniy qamoqqa olinganiga roppa-rosa ikki yil böldi. U va uning qarşiligini unutmaslik kerak. #FreeNavalny», - deb yozdi germaniyalik siyosatçi Twitter'da.

Kampaniya davomida muxolifatçiga qarşi yangi jinoiy işlar, uning Rossiya koloniyasida saqlanayotgan şaroitlari, advokatlar bilan şaxsiy muloqotga qöyilgan taqiqlar va soğliğining yomonlaşuvi haqida ma’lumotlar tarqatiladi. Buning uçun «Navalniyga ozodlik» sayti yaratildi, u yerda siyosatçi jamoasi bilan boğlaniş, «Putinga qarşi kuraşiş uçun» kriptovaluta bilan xayriya qiliş, Navalniyning ştabiga va uni qöllab-quvvatlaş harakatlariga qöşiliş mumkin.

Navalniyning tarafdorlari taniqli şaxslar va ommaviy axborot vositalarini özlarining YouTube-kanalida «Navalniyga ozodlik» bannerini joylaştiriş orqali kampaniyani qöllab-quvvatlaşga taklif qilişdi. «Dojd» telekanali, Yuliya Latinina, Mixail Xodorkovskiy, Tatyana Felgengauer  va boşqalar çaqiruvga allaqaçon javob berişgan.

Navalniyni qöllab-quvvatlaş kampaniyasi uning Germaniyadan Rossiyaga qaytganining ikki yilligi munosabati bilan boşlangan, u yerda esa «Noviçok» zaharli moddasi bilan hujumga uçraganidan keyin davolangandi. Siyosatçi 2021 yil 17 yanvar kuni Moskva aeroportida hibsga olingan va öşandan beri deyarli 730 kun hibsda saqlanmoqda.

Germaniyaning Rossiyadagi elçixonasi ham seşanba kuni rossiyalik muxolifatçini qöllab-quvvatlab, Twitter'da çiqiş qildi.

Navalniy seşanba kuni Instagram'da Rossiyaga qaytganining ikki yilligini post bilan nişonladi: «Bizning beçora, qiynoqlarga uçragan Vatanimizni qutqariş kerak, u talon-toroj qilingan, yaralangan, tajovuzkor uruşga aralaşgan, eng vijdonsiz va yolğonçilar tomonidan boşqariladigan qamoqxonaga aylangan. Bu tödaga qarşi har qanday qarşilik - hatto mening hozirgi çeklangan imkoniyatlarimdagi ramziylik ham muhim».