Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis eritiş zavodi tarkibidagi Noyob metallar işlab çiqariş sexi kengaytirilmoqda.
Uşbu sexda asosan tarkibida miqdori 25%dan kam bölmagan molibden kuyindisi hamda tarkibida 69,3% kam bölmagan reniy bölgan perrenat ammoniy olinadi.

Ayni kunlarda uşbu sexdagi mavjud 4ta peçga qöşimça yana 2ta peç qurilmoqda. Bu peçlarni mart oyida işga tuşiriş möljallanmoqda. Uşbu peçlar kombinatning özida işlab çiqarilgan va işlab çiqariş quvvati çet elnikiga nisbatan 30%ga yuqori. Peçlarni örnatiş işlari ham kombinatning “Olmaliqmetallurgquriliş” tresti işçilari tomonidan amalga oşirilmoqda.

Yangi qurilayotgan 3-Mis boyitiş fabrikasidan keladigan yarim tayyor mahsulotlar ham uşbu sexda qayta işlanadi.
Bundan taşqari, sexning yarim tayyor mahsulotlarni saqlaş ombori ham kengaytirilmoqda.
Molibden kuyindisini kombinatning özida çuqur qayta işlaş yölga qöyilgan, perrenat ammoniy esa töliq eksportga jönatiladi.
Molibdendan metallarni legirlaşda, qattiq qotişmali texnologik uskunalar tayyorlaşda foydalaniladi.

Perrenat ammoniydan esa harbiy maqsadlarda raketalarga, radiotexnikada hamda katalizatorlarda foydalaniladi.
Hozirgi kunda sexda yiliga 750 tonna molibden kuyindisi olinayotgan bölsa, yangi peçlarning işga tuşirilişi hisobiga bu körsatkiç 1200 tonnaga yetkaziladi.
OKMK Axborot xizmati Ⓣ
















