Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mulk va investitsiyaning himoyaçisi faqat Konstitutsiya, qonun va sud bölişini ta’kidladi hamda mazkur yönalişda Özbekistonda Xalqaro tijorat sudini taşkil qiliş böyiça amaliy işlar boşlanganini aytib ötdi.

Xalqaro tijorat sudi nima?
Köplab xorijiy mamlakatlar tajribasida mavjud bölgan Xalqaro tijorat sudlari xalqaro tijorat bitimlaridan kelib çiqadigan nizolarni körib çiqadigan ixtisoslaşgan sudlar hisoblanadi. Bunday sudlar nizolarni hal qiliş uçun neytral forumni ta’minlaş va sud jarayonining adolatli, samarali va boşqariş uçun qulay bölişini ta’minlaşga qaratilgan.
Xalqaro tijorat sudlariga bölgan ehtiyoj zamonaviy biznesning murakkabligi va global xarakterga ega bölişidan kelib çiqadi. Köplab kompaniyalar xalqaro savdo bilan şuğullanar ekan, turli mamlakatlardan bölgan tadbirkor va investorlar örtasida kelişmovçiliklar yuzaga keliş ehtimoli ortadi. Xalqaro tijorat sudlari nizolaşayotgan taraflarga öz nizolarini adolatli va samarali tarzda hal qiliş va tomonlar örtasida mavjud bölişi mumkin bölgan öziga xos huquqiy tafovutlarni hisobga olgan holda, tegişli xalqaro standartlarga mos vositalarni taqdim eta olişga möljallangan.
Mazkur turdagi sudlarning asosiy xususiyatlaridan biri bu ularning nizolarni hal etişda xalqaro standartlarni qöllaşi hamda BMT Xalqaro savdo huquqi böyiça komissiyasining Xalqaro tijorat arbitrajida dalillarni oliş qoidalaridan foydalanişidir. Uşbu qoidalar xalqaro tijorat nizolarida dalillarni töplaş va qabul qiliş uçun asos yaratadi va sud jarayoni adolatli hamda samarali bölişini ta’minlaş uçun işlab çiqilgan. Şuningdek, uşbu sudlar mamlakatni xalqaro savdo va investitsiyalar markazi sifatida tarğib qilişda muhim ahamiyatga ega.
Qaysi davlatlarda Xalqaro tijorat sudlari bor?
Bugungi kunda dunyoning köplab rivojlangan davlatlarida Xalqaro tijorat sudlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Singapur, Niderlandiya, Xitoy va Dubayda mamlakatni xalqaro savdo markazlari sifatida tarğib qiliş hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etiş maqsadida Xalqaro tijorat sudlari taşkil etilgan. Hozirda bu sudlar adolatli va samarali faoliyat körsatişi, xalqaro tijorat nizolari böyiça iştirok etuvçi tomonlar uçun yuqori darajadagi huquqiy işonçni ta’minlaganligi bilan şuhrat qozongan.
Xususan, Singapurda 2015 yilda Singapur Oliy sudining bölinmasi sifatida Xalqaro tijorat sudi taşkil etilgan. Xalqaro tijorat sudi murakkab xalqaro tijorat nizolarni körib çiqiş uçun möljallangan bölib, turli mamlakatlarning qonunlari va amaliyotlari hamda xalqaro tijorat bitimlari yuzasidan vujudga kelişi mumkin bölgan huquqiy muammolarni yaxşi biladigan tajribali sudyalar tarkibidan şakllantirilgan.















