Qashqadaryodagi to‘yda kuyovjo‘rani pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi
Ayblanuvchiga 18 yil-u 6 oy, janjal keltirib chiqargan shaxsga esa 3 yil qamoq jazosi berilgan.
Qashqadaryodagi to‘yda kuyovjo‘raning joniga qasd qilib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan shaxsga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 24 iyul kuni Nishon tumani “Kaptarli” MFYda yashovchi jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi shaxs tort kesish tadbirida shu mahallada yashovchi, kuyovning jo‘rasi bilan janjallashib qolgan.
Oqibatda, spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan mehmon oshxonadan pichoq olib chiqib, kuyovjo‘raning chap ko‘krak qismiga sanchib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov jarayonlarida dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalari bilan jinoyat o‘z tasdig‘ini topgan va to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudi tomonidan o‘tkazilgan sud majlisida ayblanuvchiga 18 yil-u 6 oy, janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan yigitga esa 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.
Mavzuga oid

13:07 / 09.07.2024
Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab qochdi. Inspektor vafot etgan

10:40 / 27.05.2024
Marg‘ilondagi oshkora qotillik: bunga nima sabab bo‘lgandi?

10:49 / 08.06.2022
Urganchda haydovchi pichoqlab o‘ldirildi. 8 kishiga ehtiyot chorasi qo‘llangan

08:57 / 12.03.2022