Kriştianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga köçib ötgaç, portugaliyalik 37 yoşli yulduzning Messi bilan bir neça yillik qarama-qarşiligi tugagandek köringandi. Ammo taqdirni qarangki, Ronaldu Saudiya Arabistonidagi ilk öyinidayoq Messi, Mbappe va Neymar triosiga qarşi öynaydigan böldi.
Bir yil avvalgi kelişuv
«PSJ»ning Saudiya Arabistoniga kelişi va Ronalduning arab diyoridagi debyuti aynan jahon çempioni Messiga qarşi töğri kelayotgani köpçilik tomonidan qatarlik va saudiyalik şayxlarning «ssenariysi» sifatida aytilayotgan bölsa-da, aslida bu kelişuv sönggi ikki haftada emas, bir yil avval tuzilgan edi. Unga köra, JÇ-2022dan keyin Fransiya çempionatida yuzaga keladigan yanvar oyidagi tanaffus paytida Parij klubi Ar-Riyodda mehmon bölib, milliy çempionat yulduzlariga qarşi örtoqlik bahsida töp surişi belgilangandi.

Taqdirni qarangki, Messi 2022 yil yakunidagi mundialni Saudiya Arabistoniga qarşi öyindagi sensatsion mağlubiyat bilan boşlagan bölsa, yakunda Argentina bilan uzoq kutilgan çempionlikni qölga kiritdi. Ronaldu esa yanvar oyi boşida «An-Nasr» taklifini qabul qilib, Ar-Riyodga köçib ötdi. Barça Messi va Ronaldu erasi tugadi deyotgan bir paytda taqdir bu yulduzlarni yana özaro uçraştirmoqda.
«PSJ» Saudiyaga yulduzli tarkib bilan keladi
Fransiya çempioni Saudiya Arabistonidagi öyinga kuçsiz va aralaş tarkibi bilan emas, asosiy tarkibda keladi. 19 yanvar, payşanba oqşomidagi öyinda Kristof Galte Ronaldu yetakçiligidagi jamoaga qarşi Messi – Neymar – Mbappe triosini maydon tuşirişi kutilmoqda. Bu öyinçilar Saudiyadagi safar oldidan Qatar poytaxti Dohaga ham taşrif buyurgan.
📍 Doha 🇶🇦@qatarairways I #PSGQatarTour2023 I #QatarAirways pic.twitter.com/nJaLDm52Z4
— Paris Saint-Germain (@PSG_inside) January 18, 2023
Fransiya çempionati doirasida safardagi sönggi ikki öyinda mağlubiyatga uçragan «Pari-Sen-Jyermen» Saudiya Arabistonidagi örtoqlik bahsida mahalliy muxlislarga şunçaki xuş kayfiyat ulaşiş maqsadida maydonga tuşmasligi aniq. Ayniqsa, bu Messi va Ronaldu örtasidagi özaro sönggi töqnaşuv sifatida aytilayotgan bir paytda.




















