Tomonlarning xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga qat’iyligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak tadbirlar va tashriflar jadvali, shu jumladan, joriy yil 23 yanvardan 23 aprelgacha Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan I Islom san’ati biyennalesida O‘zbekistonning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham muhokama qilindi.