2022 yilda respublika bo‘yicha 932 192 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, oylar kesimida tug‘ilishlar soni eng ko‘p avgustda qayd etilgan – 96 182 nafar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 92 273 nafar hamda 85 312 nafar chaqaloq tug‘ilgan sentabr va oktyabr oylari joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- noyabrda – 83 196 nafar;
- dekabrda – 81 911 nafar;
- iyulda – 79 758 nafar;
- iyunda – 74 975 nafar;
- yanvarda – 71 957 nafar;
- mayda – 70 452 nafar;
- martda – 67 222 nafar;
- aprelda – 64 535 nafar;
- fevralda – 64 419 nafar.










