Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbarining örinbosari Komil Allamjonov Meta kompaniyasining Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlat siyosati böyiça vitse-prezidenti Saymon Milner hamda kompaniyaning boşqaruvçi direktori, Xitoy, Möğuliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari böyiça rahbari Jorj Çen bilan uçraşdi.

Uçraşuvda Özbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida amalga oşiriladigan loyihalar muhokama qilindi.
Meta Platforms Inc. — Amerikaning transmilliy holding kompaniyasi bölib, qarorgohi Kaliforniyada joylaşgan. U Facebook, Instagram, WhatsApp va Oculus’ga egalik qiladi.

«Facebook va Instagram platformalari jamoatçilik fikr bildiradigan, muammolar örtaga taşlanadigan, bahs hamda fikrlar maydoniga aylandi. Ularning mavjud imkoniyatlari esa kundan-kunga köpayib bormoqda. Samimiy va döstona hurmat uçun Saymon Milnerga, va ayniqsa, döstim Jorj Çenga katta rahmat», deb yozdi Allamjonov uçraşuv haqida.


















