AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns ötgan haftada Kiyevga yaşirin taşrif buyurdi va u yerda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Ukraina razvedka xizmati vakillari bilan uçraşdi. Bu haqda The Washington Post öz manbalariga tayanib xabar berdi. 

Naşrning yozişiça, uçraşuv çoğida Byorns Zelenskiyga Rossiyaning «yaqin haftalar va oylardagi harbiy rejalari» haqidagi taxminlari haqida ma’lumot bergan. 

Öz navbatida, Zelenskiy va Ukraina razvedkasi vakillari uçun uçraşuvning asosiy masalasi respublikaçilar AQŞ Vakillar palatasida köpçilikni qölga kiritganidan keyin Ukraina AQŞ va Ğarb harbiy yordamiga qança vaqt umid qilişi mumkinligi bölgan. 

The Washington Post manbalariga köra, Byorns jang maydonidagi imkoniyatlarning dolzarbligini ta’kidlagan, şuningdek, qaysidir lahzada yordam oliş qiyinroq bölişini tan olgan. 

Uçraşuvdan söng Zelenskiy va uning yordamçilari AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Kiyevga yordami hamon kuçli va Ukrainani moliyalaştiriş kamida iyul yoki avgustgaça yetarliça ekani haqida taassurotga ega bölgan. 

Naşr manbalariga köra, hozirda Kiyev AQŞ Kongressi Ukrainaga yana bir köp milliardli qöşimça harbiy yordam paketini ajratişiga işonçi kamroq. 

Dekabr oxirida AQŞ prezidenti Jo Bayden 2023-moliya yili uçun 1,7 trillion dollarlik budjet loyihasini imzoladi. Şu bilan birga, ularning 44,9 milliard dollari Ukraina va NATO davlatlariga yordam beriş uçun ajratiladi.